Yangiliklar

Maktabgacha ta’lim fakulteti o`qituvchisi M.Isaxanova rahbarligida O`zbekiton tumani Qudash qishlog`ida joylashgan “Muruvvat uyi”da uchrashuv bo`lib o`tdi






Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim fakultetida bir qator hayriya ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, guruh murabbiyi M.Isaxanova rahbarligida fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi Maktabgacha ta’lim yo`nalishi talabasi U.Imomaliyeva 103-guruh talabalari O`zbekiton tumani Qudash qishlog`ida joylashgan “Muruvvat uyi”da ajoyib uchrashuv tashkil qildilar. 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tashkil etilgan badiiy-adabiy kechada raqslar, kuy-qo`shiqlar yig`ilganlarga manzur bo`ldi. Ayniqsa talaba Sh.Masodiqovaning ijro etgan “Andijoncha raqsi” kechaga o`zgacha fayz bag`ishladi.