Yangiliklar

Qo`qon davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Mehnat talimi yo`nalishi talaba qizlari bilan davra suhbati bo`lib o`tdi


Suhbatni Pedagogika fakulteti xotin qizlar qo`mitasi raisi S. Asqarova kirish so`zi bilan boshladi va bugungi kun suhbat mazmun-mohiyati haqida qisqacha malumot berib o`tdi.



So`ngra Viloyat diniy qo`mita azosi, MT kafedrasi katta o`qituvchisi Ashurova Gulrux Qizlarni katta hayotga tayyorlash, er-xotin, qaynona-kelin munosabatlari mavzusida suhbatlashdi.



Pedagogika-psixologiya kafedrasi o`qituvchisi, psixolog Sh. Ibragimova qizlarga er-xotin, qaynona-kelin munosabatlarda psixologik to`g`ri yondashish borasida tavsiyalar berdi.



Suhbat so`ngida talaba qizlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.