Yangiliklar

Qo`qon davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakultetida “Biz Amir Temur avlodlarimiz” mavzusidagi davra suxbati bo`lib o`tdi




Bobomiz buyuk sarkarda A Temurning xayot yo`li,  vatan parvarligi va yuksak jasoratlari, xikmatli so`zlari haqida gapirib o`tdilar. Yuqoridagi mavzularni kengroq yoritish uchun 82-318 harbiy qism ofiseri J. Nizomov taklif etildi. J. Nizomov xurmatli bilimga chanqoq talabalar,bizga maktab chog`laridan ma’lumki xozirgi kunda bizga ulug` bobokalonlarimizdan juda ko`p meros qolgan. Shulardan biri A. Temur tomonidan yozilgan “Temur tuzuklari” kitobidir bu kitobida kelgusi avlodga xikmatli so`zlar bir – biriga xurmat shuningdek davlat boshqarish sirlari va juda ko`p narsalar yozib qoldirilgan. Uning xarakteri tabiatan og`ir, bosiq, teran fikrli va idrokli samimiyatni tezda farqlaydigan bo`lgan. U yoshligidan jamandozlik va ovga chiqishga ishqiboz bo`lib kamondan o`q otish, ot choptirish, xarbiy o`yinlar bilan mashg`ul bo`lishni yoqtirar edi. 



Ma’ruzachi o`z ma’ruzasida yuqoridagilardan tashqari xarbiy yurishlari jasoratli janglari haqida ham juda teran fikrlar bilan A.Temur xayotini izoxlab berdilar. Ma’ruzachini hamma yig`ilganlar berilib tingladilar. Talablar tomonidan berilgan savollarga javob berdilar. Shundan so`ng Ijtimoiy fanlar kafedrasi o`qituvchisi M. Sirojiddinovaga so`z berildi  Bobolarimizning har bir ishini o`rgansak kam. Amir Temur- buyuk shaxs: janglarda raqiblarini yer tishlatgan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, qobiliyatli me’mor, shu bilan birga el-yurtini sevgan va jahonga mashhur qilgan inson. Amir Temur davlat boshqarishi, imoratlar qurishi, jangu-jadallari bilan dunyoga tanish shaxs. Shu sababli Amir Temur hayoti, janglari va  siyosiy ishlari haqida taqdimot va film namoyishini ko`ramiz.



Darhaqiqat, o`zbeklar ajdodlariga e’tibor qaratsak, ularning aqli-zakovati, odobu bilimi, mardligiga nafaqat O`zbekiston halqi, balki butun jahon tan olgan. Ana shunday bobokalonlarimizdan biri Amir Temur bo`ladi. U kishini qat’iyatligi, qo`rqmas, vatanparvarligi hozirgi yoshlarga namuna bo`lishi zarur, deb xisoblayman.  Amir Temur tomonidan yozilgan “Temur tuzuklari” kitobi eng buyuk meroslarimizdan biri.  Bu kitobda xikmatli so`zlar bo`lib, xususan, bir – biriga xurmat, shuningdek, davlat boshqarish sirlari va juda ko`p narsalar yozib qoldirilgan. Uning xarakteri tabiatan og`ir, bosiq, teran fikrli va idrokli samimiyatni tezda farqlaydigan bo`lgan U yoshligidan kamonbozlik va ovga chiqishga ishqiboz bo`lib kamondan o`q otish, ot choptirish, xarbiy o`yinlar bilan mashg`ul bo`lishni yoqtirar edi. U kishini qat’iyatligi, qo`rqmas, vatanparvarligi hozirgi yoshlarga namuna bo’lishi zarur, deb xisoblayman. Shundan so`ng boshqa ma’ruzachilar Amir Temur bobomizni olib borgan, bosib o`tgan yo`llari haqida talabalarga gapirib berishdi. Talabalar ma’ruzachiga turli qiziqarli savollarni berib, javob oldilar.