Yangiliklar

Qo`qon davlat pedagogika instituti 2-talabalar turar joyida “Kitob va kitobxonlik –inson ma’naviyati ko`zgusi” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi

Qo`qon davlat pedagogika instituti ingliz tili kafedrasi o`qituvchisi D. Kadirova  2-talabalar turar joyida “Kitob va kitobxonlik –inson ma’naviyati ko`zgusi” mavzusida davra suhbati tashkil qildi.



Kitob insoniyat ongli hayoti va ma’naviyat olamining bosh timsollaridan sanaladi. Donolar ta’rificha, kitob bilim manbai, insoniyat to`plagan hikmatlar xazinasi, ijtimoiy ong mahsulidir. Kitob insonning eng yaqin do`sti, maslahatchisi hisoblanadi.



Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy bobomiz yozganidek, “Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”. Xalqimiz tilida ham kitob o’qib bilim va munosib ta’lim-tarbiya olish, ilm-fan bilan shug’ullanish, kasb-hunar o’rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko’p.



Bugun vatanimizning jadal rivojlanayotgan  bir davrida   ajdodlarimiz va donolar fikrida o‘z aksini topgan kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga  bo‘lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Kitob mutolaasining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni, yoshlar tarbiyasi va ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishidagi ahamiyati haqida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: “Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma’naviyatga erishib bo‘lmaydi. Kitob o‘qimagan odamning ham, millatning ham kelajagi yo‘q”, – deya ta’kidlaydi.