Yangiliklar

Qo`qon davlat pedagogika instituti Chet tillar fakultetining ingliz tili va adabiyoti talim yo`nalishi 101 va 109 guruh talabalari tomonidan Qo`qon shahrida joylashgan 23-umumiy o`rta talim maktabda Students show nomli tadbir bo`lib o`tdi




Ushbu tadbirni tashkil etishda QDPI ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o`qituvchilari Z. To`xtasinova, Y. Usmonov va 23-maktabning ingliz tili o`qituvchilari A. Soliyev, B. G`afforova, A. Nishonovalar ishtirok etishdi. Tadbirni talabalar B. Ilhomova va M. Muqimovlar olib borishdi.





Tadbirni maktab direktori Shoiraxon Turdiyeva ochib berib maktab va institut o`rtasida tashkil etilgan bu kabi tadbirlar hamkorlikni yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishini, o`quvchilarning ingliz tilini o`rganishga bo`lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirishini takidlab o`tdi. Talabalar va maktabning 5 A, 6 A, 8 B sinf o`quvchilari tayyorlagan qo`shiq, raqs va sahna ko`rinishlari tadbirga o`zgacha joziba bag`ishladi.



Tadbir so`nggida chet tillar fakulteti manaviy-marifiy ishlar bo`yicha dekan orinbosari Dilafruzxon Aliyeva so`zga chiqib tadbir tashkilotchilari va maktab mamuriyatiga minnatdorchilik bildirgan holda tadbirga yakun yasadi.