Yangiliklar

Qo`qon davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakultetida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi PF-2326-son farmonini talaba qizlarga yetkazish bo`yicha davra suxbati bo`lib o`tdi


O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-son Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Farmoniga muvofiq yosh iqtidorli qizlarni qo`llab-quvvatlash hamda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash tizimini yanada takomillashtirish to`g`risi bir qancha amaliy ishlar olib borilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi PF-2326-son Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini tasis etish bo`yicha takliflarni qo`llab-quvvatlash to`g`risidagi Farmoniga  o`zgartirishlar kiritildi.



Unga muvofiq: Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti talim, fan, adabiyot, madaniyat, sanat, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan o`n to`rt yoshga to`lgan va o`ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga beriladi. Umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalarining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari bo`lgan o`quvchilari oliy talim muassasalarining bakalavriatiga, bakalavriat talabalari esa oliy talim muassasalarining magistraturasiga tegishli yo`nalish va ixtisoslik bo`yicha kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti talim, fan, adabiyot, madaniyat, sanat, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan o`n to`rt yoshga to`lgan va o`ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga berilishi aytib o`tdi.