Yangiliklar

Qo`qon davlat pedagogika instituti Chet tillar fakultetining ingliz tili va adabiyoti talim yo`nalishining 4-bosqich talabalari tomonidan Qo`qon shahrida joylashgan 3-umumiy o`rta talim maktabda ingliz tili fanidan ochiq dars o`tkazildi




Amaliyotchi talaba Sh. Karimovaning 3 A sinfda My uncle lives in Bukhara va D. Bahodirovaning 4 A sinfda Wow!Thats interesting! mavzusida otkazgan darslarini QDPI ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o`qituvchilari va maktabning fan o`qituvchilari kuzatib borishdi. Darslarda o`quvchilarning ingliz tilida gapirish, o`qish va tinglab tushunish ko`nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metodlardan foydalanildi. O`quvchilar darsda faol ishtirok etishdi.





Kunning ikkinchi yarmida QDPI ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o`qituvchisi Z. To`xtasinova tomonidan maktab o`qituvchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi. Maktabda talim-tarbiya jarayonini tashkil etishga innovatsion yondashuvlar mavzusida o`tkazilgan davra suxbatida maktabning fan o`qituvchilari va amaliyotchi talabalar ishtirok etishdi. Unda maktabda o`quvchilarning bilim olishi, tarbiya ishlarini takomillashtirish, dars jarayoniga talabalarning diqqatini jalb etishning samarali usullari muhokama qilindi.



Talabalar va maktabning 5 A, 6 A, 8 B sinf o`quvchilari tayyorlagan qo`shiq, raqs va sahna ko`rinishlari tadbirga o`zgacha joziba bag`ishladi. Tadbir so`nggida chet tillar fakulteti manaviy-marifiy ishlar bo`yicha dekan o`rinbosari Dilafruzxon Aliyeva so`zga chiqib tadbir tashkilotchilari va maktab mamuriyatiga minnatdorchilik bildirgan holda tadbirga yakun yasadi.