Yangiliklar

Qo`qon davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti “Tarix o`qitish metodikasi” kafedrasi tomonidan yo`nalish talaba-yoshlari o`rtasida tanlov bo`lib o`tdi


Qo`qon davlat pedagogika institutining Axborot resurs markazida sarkarda va davlat arbobi Sohibqiron AmirTemur tavlludining 682 yilligi munosabati bilan “Tarix o`qitish metodikasi” kafedrasi tomonidan yo`nalish talaba-yoshlari o`rtasida tanlov bo`lib o`tdi.



Tadbirni Tarix fakulteti dekani M.temirboev o`z nutqi bilan ochib berdi. So`ngra “Tarix o`qitish metodikasi” kafedrasi o`qituvchisi Z.Esonov tomonidan tayyorlangan “Amir Temur tarixi adabiyotlari bilimdoni” bellashuvida “Tarix o`qitish metodikasi” yo`nalishining 1,2,3-bosqich talaba-yoshlari o`zaro bilimlarini sinashdi.
Tadbirda talabalar bellashuvini Q.Akbarov, T.Madaminov, T.Nuriddinov, M.Xolmatov va M.Ma’murov kabi fakultet pedagog-xodimlaridan iborat jyurilar nazorat qilib bordilar. Tanlov natijalariga ko`ra 303-guruh birinchi, 102-guruh ikkinchi, 301-guruh uchinchi o`rinlarni qo`lga kiritdilar.



Tadbir yakunida fakultetning Amir Temur va temuriylar davri tarixi bilmdoni bo`lgan iqtidorli talaba-yoshlari  faxriy yorliq va esdalik sovg`alar bilan taqdirlandilar.