Yangiliklar

Qo`qon davlat pedagogika instituti “Harakatlar strategiyasi” xonasida “O`qituvchi yo talaba ogohlik kim uchun muhim” mavzusida ochiq davra suhbati o`tkazildi


Barcha fakultetlarda haftaning payshanba kuni profilaktika kuni munosabati bilan qator tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari olib borilmoqda.





Qo`qon davlat pedagogika instituti “Ma’naviyat va ma’rifat” iqtidorli talabalar bilan ishlash bo`limi boshlig`i F.Ibragimov Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim, Pedagogika, O`zbek tili va adabiyoti, Chet tillar  fakultetida taqsil olayotgan talabalar turar joyida yashovchi yoshlar va ularning guruh murabbiylari birgalikda “O`qituvchi yo talaba, ogohlik kim uchun muhim” mavzusida 1-o`quv binosi 2-qavat “Harakatlar strategiyasi” xonasida ochiq davra suhbati tashkil etildi.