Yangiliklar

Institutimizda joriy yil mart-aprel oylari obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish oyligi deb elon qilinganligi munosabati bilan 3-sonli talabalar turar joyida mudira G.Ahmedova va pedagog-tarbiyachi A.Boyazqulovlar boshchiligida hashar o`tkazildi












Hasharda yotoqxonaning 300 dan ortiq talabalari qatnashishdi. Obodonlashtirish ishlari davomida yotoqxona hududiga 500 tup pomidor, 150 tup baqlajon va turli mevali daraxt ko`chatlari o`tqazildi. 200 kgga yaqin chiqindilar maxsus joyga olib chiqib tashlandi. 300 metr uzunlikdagi yo‘laklar tozalandi. Gulzorlar begona o`tlardan tozalanib, 500 tup qalampir ko‘chatlarini o`tqazishga tayyorlandi.