Yangiliklar

Qo`qon davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang`ich talim fakultetida Sog`lom hayot-asl hayot mavzusida ochiq davra suhbati o`tkazildi




Qo`qon davlat pedagogika institutida haftaning juma kuni Axborot va murabbiylik soatida munosabati bilan qator tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari olib borilmoqda.





Jumladan, Qo`qon davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang`ich talim fakultetida Farg`ona viloyati Norkologiya dispanseri norkolog-shifokori Xusanov Fazliddin Ismoilovich, Maktabgacha va boshlang`ich talim fakultet dekani N.Xudoyberganov, manaviy-marifiy ishlar bo`yicha dekan o`rinbosar Q.Karimov, pedagog-xodimlar va 105 nafar talabalar ishtirokida Sog`lom hayot-asl hayot mavzusida ochiq davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuvda yoshlar orasidagi ayrim kichik salbiy illatlar kelgusida fojiaga sabab bo`lishi to`g`risida alohida tushunchalar berildi.