Yangiliklar

Maktabgacha va boshlang`ich talim fakulteti Boshlang`ich talim yo`nalishi 2-bosqich talabasi I.Olimova texnik va amaliy sport turi bo`lgan yozgi biatlon O`zbekiston birinchiligi musobaqasida faxrli 1-o`rin(oltin medal)ni qo`lga kiritdi




Maktabgacha va boshlang`ich talim fakultetida yaratilgan mavjud shart-sharoitlar, erkinlik va huquqlardan talabalar samarali foydalangan holda ko`plab yutuqlarga erishmoqdalar. Jumladan, 2018 yil 12-14 aprel kunlari O`zbekiston mudofasiga ko`maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan Chirchiq shahrida o`tkazilgan O`zbekiston chempionatida boshlang`ich talim yo`nalishi 2-bosqich talabasi Irodaxon Olimova texnik va amaliy sport turi bo`lgan yozgi biatlon bo`yicha O`zbekiston birinchiligi musobaqasida faxrli 1-o`rin(oltin medal) hamda 3-o`rin(bronza)ni qo`lga kiritib qaytdi.