Yangiliklar

Chet tillar fakulteti Ingliz tili va adabiyoti talim yo`nalishi 301-guruh murabbiysi Z. To`xtasinova va talabalari II jahon urushi qatnashchisi Meliyev Mamadali otani 9-may Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklab keldilar




Chet tillar fakultetida 9-may Xotira va qadrlash kuniga bir qator tadbirlar tashkil etila boshladi. Fakultetning ingliz tili va adabiyoti talim yo`nalishi 301-guruh murabbiysi Z. To`xtasinova va talabalari II jahon urushi qatnashchisi Qo`qon shahar Furqat ko`chasi 52 uyda istiqomat qilayotgan Meliyev Mamadali otaning honadoniga borib, ular bilan suhbat o`tkazib qaytishdi. Avlodlar uchrashuvi deb nomlangan ushbu suhbat davomida Mamadali ota urush yillarida boshdan kechirganlarini talabalarga hikoya qilib berishdi. Talabalar ham o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Suhbat so`nggida Mamadali ota tinch o`tayotgan kunlarimizga shukronalik izhor qilib, yo`qlab kelgan talabalarni duo qilib ularga uzoq umr tilashdi. Talabalar ham Mamadali otaga umrlari bundan ham uzoq bo`lishini tilab ular bilan hayrlashishdi.