Yangiliklar

Qo`qon davlat pedagogika instituti tasarufidagi 1-Talabalar turar joyida talaba-qizlar orasida 2018 yilgi fakultetlararo Balli qizlar ko`rik tanlovining saralash bosqichi bo`lib o`tdi






Reproduktiv yoshdagi yigit va qizlarni oilaga tayyorlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada Qo`qon DPIda samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1-TTJda institutda tahsil olayotgan talaba-qizlar orasida 2018 yilgi fakultetlararo Balli qizlar ko`rik tanlovining saralash bosqichi bo`lib o`tdi. Unda, eng namunali, eng bilimli va zukko talaba qiz sifatida maktabgacha talim yo`nalishi 202-guruh talabasi Nigina Xalilova faxrli birinchi o`rinni egalladi. 1-TTJ tarbiyachisi N.Abdumalikova say-harakati bilan tadbir yanada jozibali bo`lib o`tdi.