Yangiliklar

Fizika- matematika fakultetida institut jamoat tashkiloti rahbarlarini ijarada yashovchi talabalari bilan madaniy manaviy-marifiy va axloqiy tarbiya ishlarini tashkillash maqsadida yig`ilish bo`lib o`tdi




Yig`ilishni ochib berish uchun so`zni fakultet dekani X.Xonboboyevga berildi: Fakultetimizda 125 nafar talaba ijarada yashaydi. Guruh murabbiylari, dekan o`rinbosarlari bilan birga imkon qadar, har bir talabani yashash sharoitini o`rganib kelyapmiz. Xozirda o`quv yili oxirlab qolgani va havo harorati ortib borayotgani sabab bazi bir talabalarimiz xonadonlardan chiqib o`z uylaridan qatnay boshlayaptilar. Shu kunlarda guruh murabbiylari ijarachi talabalari bilan suhbatlashib oxirgi malumotlarni yig`ishyapti. Bugungi tadbirimizga institut o`quv ishlar prorektori N.Jo`raev va MATIB bo`lim boshlig`i F.Ibragimovlar tashrif buyurishdi. Sizlar bilan yaqindan suhbat qurishmoqchi.





So`zni N.Jo`raevga berildi: Avvalam bor sizlarni o`tgan 9-may xotira va qadrlash kuni bilan tabriklayman. Ijarada turuvchi talabalar xonadonni tartib va intizomiga rioya qilgan xolda, xonadondan bevaqt chiqmasdan yashashlari takidlab o`tildi.





So`zni MATIB bo`lim boshlig`i F.Ibragimovga berildi: Bazi bir fakultetlarda xonadonlarni aylanib chiqilganda aytilgan manzilda talabalar yashamasligi aniqlandi. Agar siz xonadondan chiqib ketadigan bo`lsangiz o`sha zahoti dekan o`rinbosarlarini ogohlantirishlaringni ta`kidlayman. Yashayotgan xonadoningizni tozaligiga aloxida e`tibor berishingizni so`rayman. Xozirda kunda IIB xodimlariga barcha ijarada turuvchilar ro`yxati taqdim etilgan, mabodo ular tomonidan tekshirib borilsa sarosimaga tushmay barcha savollariga to`liq javob beringlar.