Yangiliklar

Qo`qon davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakultetida Biokimyo fani yutuqlari boyicha xorij olimi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi




O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2909-sonli qarorining ijrosini taminlash maqsadida QDPI Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo o`qitish metodikasi kafedrasida kuni kafedra professor-o`qituvchilari va talabalar ishtirokida K.I.Skiyabin nomidagi Moskva veterinar tibbiyot va biotexnologiya davlat akademiyasi Organik va biologik kimyo kafedrasi muduri, shu OTM ning innovatsion-tadqiqot va ilmiy-talim markazi direktori, kimyo va biologiya fanlari doktori Sergey Yurevich Zaytsev bilan uchrashuv tashkillandi. Uchrashuvni QDPI ilmiy ishlar bo`yicha prorektor D.Xodjayeva ochib berdi.









Rossiyalik olim bilan tanishtirgach, so`z S.Yu.Zaytsevga berildi. Zaytsev O`zbekistonda oliy talim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasida o`z fikrlarini bildirdi. Shundan so`ng o`zining ilmiy tadqiqotlari va biokimyo fanidagi so`ngi yutuqlarga doir Oqsillar sintezi-hujayra biokimyosi asosi mavzusida maruza qildi. Maruzadan so`ng professor-o`qituvchilar va talabalar maruza hamda Akademiyada bakalavriat va magistraturada o`qishni davom ettirish yuzasida o`zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.