Yangiliklar

Qo`qon davlat pedagogika instituti 3-sonli talabalar turar joyida yo`nalishlar o`rtasida voleybol musobaqasi o`tkazildi






Sportning inson hayotidagi o`rni juda katta. Sport inson sog`ligi uchun juda muhimdir. Sog`lom hayot kechirishimiz, kundalik mehnat bilan shug`ullanishimizda ham sport o`z o`rniga egadir. Talaba-yoshlarni o`qishdan bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport bilan shug`ullanishga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida ko`plab tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Jumladan 3-sonli talabalar turar joyidagi sport maydonchasida har kuni turli sport o`yinlari o`tkaziladi. Kuni kecha voleybol bo`yicha talabalar jamoalarga bo`lingan holds o`zaro kuch sinashishdi. Anchagina qizg`in ruhda o`tgan bellashuvda fizika-astronomiya yo`nalishi talabalari g`olib bo`lishdi.