Yangiliklar

Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya talim yo`nalishi o`qituvchilari hamda talabalari 9 may Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan Inson xotirasi aziz qadri muqaddas mavzusida manaviy-marifiy tadbir tashkil etishdi






Qo`qon davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya talim yo`nalishi 1-bosqich talabalari fakultet Murabbiylar kengashi va Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti  yetakchilari hamkorlikda 9 may Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan Inson xotirasi aziz, qadri muqaddas mavzusidagi manaviy-marifiy tadbir o`tkazdilar. Tadbirda talabalar tomonidan tayyorlangan adabiy-badiiy chiqish va taqdimotda ko`p yillar davomida fakultetda ilmiy-pedagogik faoliyat olib borib hayotdan ko`z yumgan ustoz-murabbiylar Musharrafxon Zufarova, Saodatxon Obidjonova, Sanoatxon Nabiyevalar xotiralari yodga olindi. Tadbirni fakultet Murabbiylar kengashi raisi N. Sultonova, Pedagogika va psixologiya yo`nalishi 1-bosqich akademik guruhlari murabbiylari G. Nazirova, Sh. Ibragimovalar tashkilladilar.