Yangiliklar

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 14 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida “Yong`in xavfsizligi asoslari” nomli maxsus kursni joriy qilish to`g`risida”gi 909-sonli buyrug`i ijrosi




O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yong`inlar profilaktikasi kunlarini o`tkazish va yong`in xavfsizligi choralarini kuchaytirish to`g`risida” 2017 yil 2 sentyabrdagi 688-sonli qarori 5-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda talabalarda yong`in xavfsizligi choralarini qo`llash bo`yicha amaliy ko`nikmalarni shakllantirishni tashkil etish va O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 14 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida “Yong`in xavfsizligi asoslari” nomli maxsus kursni joriy qilish to`g`risida”gi 909-sonli buyrug`i ijrosini ta’minlash maqsadida institut rektorining 2017 yil 18 dekabrdagi 736-sonli buyrug`i tasdiqlandi.





Institut rektori buyrug`i asosida 2017-2018 o`quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab bakalavriat ta’lim yo`nalishlari talabalari uchun “Yong`in xavfsizligi asoslari” nomli (6 soat ma’ruza, 4 soat amaliy mashg’ulot) maxsus kurs o`quv jarayoni jadvali tayyoorlanib tasdiqlandi. Maxsus kursni o`qitish uchun Biologiya o`qitish metodikasi kafedrasining tajribali professor-o`qituvchilari jalb qilindi.



Mazkur kurs bo`yicha mashg`ulotlarni olib borishda Yong`in xavfsizligi xizmatining hududiy bo`linmalari bilan yaqindan hamkorlik qilinib institut Jismoniy madaniyat fakultetiga taklif qilindi. Jismoniy madaniyat fakulteti xovlisida mutaxassislar bilan barcha ta’lim yo`nalishlari talabalari o`rtasida bo`lib o`tgan uchrashuvda mutaxassislar talabalarga yong`inning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yo`llari haqida batafsil ma’lumot berib o`tdi.