Yangiliklar

Chet tillari fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o`qituvchisi G.Nazarova Ingliz tili va adabiyoti talim yo`nalishi 301-guruhda 15-may Oila kuni ga bag`ishlangan seminar trening o`tkazildi




Bugun 15-may Oila Kuni munosabati bilan, talabalar bilan seminar trening o`tkazdik. Bugungi kunda oilaning mustahkamligini taminlash va yosh talabalarga oilaning nechog`lik muhimligini singdirish borasida o`tkazgan seminar-trening darsim juda ham qiziq bo`ldi. Talabalar o`z fikr mulohazalarini bildirdilar. Quvonarlisi shuki, talabalarimizning ko`pchiligi o`z fikr mulohazalarini ingliz tilida bayon etdilar. Oilaning ajralmas qismiga aylangan ishonch, vafo, sadoqat va sabr kabi tuyg`ular talabar tomonidan izohlab o`tildi. Trening so`ngida har bir talaba Baxtli kelajak, farovon jamiyat kabi shiorni o`z oldiga qo`ydilar. Oilani mustahkamligini asrash va uni jamiyatning bir qismi sifatida ardoqlash muhimligini takidlab ushbu treningni tamomladim.