Yangiliklar

Xushxabar: Yosh kitobxon tanlovi endilikda Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqiladigan nizom asosida doimiy o`tkaziladi!


Yosh kitobxon tanlovi endilikda Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqiladigan nizom asosida doimiy o`tkaziladi! Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o`rganish va targ`ib qilish maqsadida yoshlar o`rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Yosh kitobxon tanlovi endilikda Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqiladigan nizom asosida davomli ravishda o`tkaziladi.           

Nizomda:

-alohida nominatsiyalar bo`yicha tanlovlar tashkil etish.

2018-yilgi tanlovlarni Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug`bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Rizo Ogahiy, Berdaq singari mutafakkirlar ijodi va faoliyati, jahon adabiyotining durdona asarlari, shuningdek, Alpomish, Go`ro`g`li, Kuntug`mish kabi xalq dostonlari bo`yicha o`tkazish;

-keyingi tanlovlarni davrlashtirgan holda davom ettirish uchun tegishli ro`yxatlarni shakllantirish;

tanlov g`oliblarini mukofotlash va rag`batlantirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish, xususan, Respublika bosqichida birinchi o`rinni egallagan qatnashchilarni yengil avtomobillar bilan taqdirlash, ikkinchi va uchinchi o`rin sohiblari va faol ishtirokchilarni ham munosib rag`batlantirish choralari nazarda tutiladi.