Yangiliklar

TABRIKLAYMIZ!

2018-yil 5-iyun kuni Andijon Davlat Universiteti ixtisoslashgan kengashda fakultetimiz Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi kafedrasi katta o`qituvchisi Eshboltayev Iqboljon Mamirjonovich Fizika-matematika fanlari 01.04.10 Yarim o`tkazgichlar fizikasi ixtisosligi bo`yicha Uch va ikki o`lchamli elektronlar sistemalarida ko`p fotonli yutilish va siljishli fotogalvanik effektlarning nazariy tadqiqi  mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Fakultetimiz jamoasi Eshboltayev Iqboljon Mamirjonovichni erishgan yutug`i bilan qizg`in qutlaydi va keyingi ilmiy ishlarida omadlar tilaydi.