Yangiliklar

Oliy talim muassasalari o`rtasida Yagonasan muqaddas Vatan! tanlovining yakuniy bosqichi o`tkazildi

O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligiga bag`ishlab Aziz va yagonamsan, jonajon O`zbekistonim! shiori ostida joriy yilning 7 iyul kuni O`zbekiston davlat Konservatoriyasida Oliy talim muassasalari o`rtasida Yagonasan, muqaddas Vatan! ko`rik-tanlovining Respublika bosqichi o`tkazildi. Mazkur ko`rik-tanlovda talim muassasalarining 16 ta jamoasi Qarshi davlat universiteti, Guliston davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Qo`qon davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Nukus davlat pedagogika instituti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti, O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahar filiali hamda Termiz davlat universitetining Denov filiallari ishtirok etishdi.



Tanlov natijalariga ko`ra, Samarqand davlat universiteti badiiy jamoasi 1-o`rin, Qo`qon davlat pedagogika instituti badiiy jamoasi 2-o`rin, Guliston davlat universiteti badiiy jamoasi 3-o`rinni qo`lga qiritdi.

G`olib bo`lgan jamoalar Oliy va o`rta maxsus talim vazirligi hamda O`zbekiston talim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan Diplom, Faxriy yorliq va esdalik sovg`alar bilan taqdirlanishdi.