09
Jul
Qo`qon davlat pedagogika instituti Fizika-matematika fakultetining 2017-2018 o`quv yili 4-kurs bitiruvchilariga diplom berish tadbiri bo`lib o`tdi


Yig`ilishni
ochib berish uchun so`zni fakultet dekani X.Xonboboyevga berildi: Bu yili fakultetimizni
238 nafar talaba 3 ta ta’lim yo`nalishi bo`yicha bakalavriatni bitirdi. Ulardan
matematika o`qitish metodikasi yo`nalishi bo`yicha 113 nafar, informatika o`qitish
metodikasi yo`nalishi bo`yicha 66 nafar, fizika va astrnomiya o`qitish metodikasi
yo`nalishi bo`yicha 59 nafar. Ular kelajakda olgan bilimlari va ko`ninmalarini umumiy
o`rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb xunar kolledjlarda samarali qo`llab
institutimiz obrusini bundan xam yuqoriga olib chiqishadi. Endilikda bitivchilarimizni
o`zimiz qatori o`qituvchilar, xamkasblar deb atashingizni va ular bilan doim faxrlanishimiz
mumkinligini aytaman.


So`zni
N.Jo`rayevga berildi: Fizika-matematika fakulteti institutimizning
eng obruli fakultetlaridan sanaladi. Shu obruni doimiy mustaxkamlovchi bo`g`in shu
dargoxning bitiruvchilari xisoblanadi. Men sizlarning kelajakdagi o`qituvchilikdak
sharafli va ma’sulyatli yullaringda doimo zafarlar tilayman. Sizlarning oralaringdan
o`qishni a’lo baxolar bilan tamomlagan matematika o`qitish metodikasi yo`nalishidan
Saminjonova Durdona, Ne’matov Mirsulton, Jamoliddinova Feruza, G`ofurov To`lqinjon,
informatika o`qitish metodikasi yo`nalishidan Boisjonova Nigora, Jumaqo`ziyev O`ktamjon,
fizika va astrnomiya o`qitish metodikasi yo`nalishidan Xotambekova Maftuna, Erkinova
Xilola, Abduxoliqov Akmalni magistratura bo`limiga xujjat topshirib o`qishlarini
yana davom ettirishlarini xoxlayman. Bunday talabalarni oliy ta’lim o`qituvchisi
sifatida yonimizda ko`rish biz uchun sharaf.


So`zni
iqtisodiyot va tadbirkorlik prorektori M.Maqsudovga berildi: Barchangizni oliy ta’limni
bakalavriyat qismini bitirganingiz bilan chin dildan tabriklayman. Bugundan barchalaring
ustoz degan sharafli nomga ega bo`lasizlar. Barcha ustozlaring sizlarni kelajakda
bu nomni pok va sitqi dildan mexnat qilgan xolda o`tab, yurtimiz obrusini yuksaltiruvchi
shogirdlarni o`qitish va tarbiyalashlaringga sarflashlaringga ishonamiz. Shu bilan
bir qatorda institutimiz va barcha professor-o`qituvchilaringni esdan chiqarmanglar.