Yangiliklar

Tarix fakulteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi o`qituvchilari 2-Talabalar turar joyida “Mustaqillik buyuk ne’mat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etishdi



O`zbek xalqining o`ziga xos milliy qadriyatlari bor. Milliy qadriyat deganda millat uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan xususiyatlari, a’analari, marosimlarini tushunamiz. O`zbek xalqining shakllanishi qancha uzoq tarixiy jarayonda sodir bo`lgan bo`lsa, uning milliy qadriyatlari ham shuncha uzoq tarixiy jarayon davomida shakllangan.




Mustaqillik yillarida xalqimizning milliy qadriyatlarini tik­lash, yangi ma’no-mazmun bilan boyitish yo`lida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi. Xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri „Navro`z" bayramidir. Qaramlik davrida mana shu ardoqli bayramni nishonlash ham taqiqlangan edi. 1990-yildan boshlab O`zbekiston hukumatining qarori bilan 21-Mart “Navro`z” milliy xalq bayrami kuni sifatida belgilanib, dam olish kuni deb e`lon qilindi. Xalqimiz Navro`z kunlarida hasharlar uyushtirib, dalalarga ko`chatlar ekish, ko`chalarni tozalash tadbirlarini, turli ommaviy o`yinlar, poyga musobaqalari, sayillar uyushtiradilar, yetim-esirlarga va nogironlarga yordam berib, marhumlar qabrlarini ziyorat qiladilar.



Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi o`zbek xalqining ma’naviy-madaniy merosini tiklash, millat kelajagini belgilaydigan g`oyalarni yuzaga chiqarish, yuksak iste’dod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan ravnaqi sari yo`naltirishga qaratilgan muhim tadbirlar, anjumanlar, ko`rgazmalar tashkil etishni yo`lga qo`ydi. Markaz to­monidan aholi orasida o`tkazilgan sosiologik tadqiqotlar, so`rovlar asosida ishlab chiqilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo`yicha tavsiyalar jamoat birlashmalari, ilmiy-ijodiy muassasa va tashkilotlar, ommaviy-axborot vositalarining ma’naviy-tarbiyaviy faoliyati saviyasini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Shuningdek, u xalqimizning rasm-rusumlarini, urf-odatlarini, marosimlarini o`rganish, tiklash, xalqimizga qaytarish, ularning ma’no-mohiyatini, hozirgi kundagi ahamiyatini keng ommaga tushuntirish ishiga katta hissa qo`shmoqda.