Yangiliklar

Tarix fakulteti Tarix o`qitish metodikasi yo‘nalishi 103-guruh talabalari guruh rahbari bilan birgalikda Qo‘qon shahri “Musiqali drama teatri” yaqinida joylashgan “Buyuk allomalar muzeyi”ga sayohat uyushtirdilar


Tarix fakulteti asosiy o‘quv mashg‘ulotlaridan so‘ng TO‘M yo‘nalishi 103-guruh talabalari guruh rahbari bilan birgalikda Qo‘qon shahri “Musiqali drama teatri” yaqinida joylashgan “Buyuk allomalar muzeyi”ga sayohat uyushtirdilar. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad 1-kurs talabalarini dastlabki kunlardanoq milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, buyuk allomalarimiz qoldirgan ilmiy meros bilan tanishtirish barobarida ularda g‘urur, iftixor tuyg‘ularini shakllantirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdir.



Muzey eksponatlari jami 3 qavatda joylashgan bo‘lib, xonalar va yo‘lkalarga juda ham chiroyli bezak berilgan, zamonaviy va milliy uslublar uyg‘unlikda ishlangan. Muzeyda O‘zbekiston hududida yashab o‘tgan buyuk mutafakkirlar, jumladan, Abu Rayxon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, A. Navoiy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Nodira, Uvaysiy, Furqat, Zavqiy va bir qator boshqa allomalar asarlarining asl nushalari, Qur’oni Karim kitobi va undan ko‘chirmalar, ayol va erkaklar liboslari, taqinchoqlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, madrasa, masjidlar maketlari va bir qancha osori-atiqalar o‘rin olgan. 3-qavatda kutubxona tashkil etilgan bo‘lib, hoxlovchilar ushbu kutubxonadan bemalol foydalanishlari mumkin, buning uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.



Talabalar muzeyga bo‘lgan ushbu tashrifdan nihoyatda mamnun bo‘ldilar, o‘zaro fikr almashdilar, tarixiy jarayonlarni muhokama qildilar, qo‘lyozmalar va osori-atiqalar ularda judda katta taassurot uyg‘otdi. Talabalar o‘zlariga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.