Yangiliklar

ABITURIENTLAR DIQQATIGA!!!

Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti 2019-2020 o‘quv yili qabuli uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida bakalavrlarni tayyorlash bo‘yicha to‘lov-kontrak asosida o‘qishni amalga oshiradi.

Rossiya Federatsiyasi, Rossiya kasb-hunar pedagogika universiteti bilan
Informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
Rossiya Federatsiyasi, Miftaxetdin Akmulla nomidagi Boshqirtostan davlat pedagogika universiteti bilan
Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti hamda
Defektologiya: logopediya bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha. 

Ushbu qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tashkil etilayotgan yo‘nalishlarning

TAYYORLOV KURSLARIGA

abiturientlar hujjatlarini qabul qiladi.
Taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati. 

1.      Institut rektori nomiga ariza

2.      Pasport nusxasi

3.      O‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat Ilovasi bilan

4.      3,5-4,5 xajmda 4 dona foto surat

Tayyorlov kurslari mashg‘ulotlari

2018 yil 25 oktabrdan boshlanadi.

Mashg‘ulotlar rus hamda ingliz tilida tashkil etiladi.

Manzil: Qo‘qon shahri, Turon ko‘chasi 23-uy, QDPI bosh binosi, 6-xona.

Murojaat uchun telefon: kspi_info@edu.uz
, +99873-542-15-62