Yangiliklar

Pedagogika fakulteti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasida 1- bosqich talabalari ota-onalari bilan yig`ilish bo`lib o`tdi




Yig`ilishda QDPI tarixi, institut ichki tartib qoidalari, talabalarning kiyinish madaniyati, odob-ahloq qoidalari, “Birinchi  kurs  maktabi”  normativlari, dars jadvali, davomat, darsga qatnashish, o`zlashtirish, yoshlarga oid qabul qilingan PQ, PF lari ijrosi bo`yicha ota-onalar ma’sulligi, oilali talabalar muammolari, qishki ta’til vaqtida tegishli qonun-qoidalarga rioya qilish to`g`risidagi masalalar ko`rib chiqildi. Yig`ilishda qatnashgan Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi mudiri B.Baratboyev, guruh rahbari va o`qituvchilar X.Aminjanova, Z.Sultonova, M.Abdullayevlar ushbu masalalar yuzasidan o`z fikr muloxazalarini bildirdilar, hamda talabalar ota-onalari bilan fikr almashindi.