Yangiliklar

Xorijiy tillar fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o`qituvchisi D.R.Xoshimovaning ingliz tili va adabiyoti ta’lim yo`nalishi 106-guruhida amaliy mashg`uloti bo`lib o`tdi


 Hurmatli kafedra a’zolari! O`qituvchi D.R.Xoshimovaning amaliy mashg`ulotini kuzatar ekanmiz, “Suffixes: productive suffixes” mavzusidagi ochiq amaliy mashg`uloti barcha belgilangan talablar asosida tashkil etilganligini qayd etishimiz lozim. Dars  boshida talabalar davomati olindi, guruh jurnali rasmiylashtirildi, mashg`ulot mavzusi va rejasi doskada ko`rsatib berildi. Amaliy dars mashg`uloti til muhitini yaratish va “aqliy xujum” savollarini berishdan boshlandi va dars davomida talabalar faolligini oshirishga qaratilgan bir qancha zamonaviy pedagogik usullardan foydalanildi.

Aytish mumkinki, o`qituvchi ochiq dars oldiga qo`yilgan barcha maqsad va vazifalarga to`liq erishdi va amaliy mashg`uloti barcha qo`yilgan talablarga to`liq javob berdi.

O`qituvchisi  D.R.Xoshimova o`tkazgan ochiq darsi talab darajasida tashkil etildi va mashg`ulot davomida O`zbekiston davlati, undagi isloxotlar va jaxon davlatlari bilan aloqalari xaqida ma’lumotlar berildi.

Dars davomida berilgan barcha ma’lumotlarga oid tayyorlangan taqdimot materiallaridan to`liq foydalanildi. Darsda “aqliy xujum”, “guruhlarda ishlash”, “blis – so`rov”, “juft bo`lib ishlash” va “baxs va munozara” kabi usullar qo`llanildi.