Yangiliklar

Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi kafedrasida Xo`jand ilmiy markazi fizika kafedrasi mudiri f-m.f.d. professor Abduali Abdumannonov Umumiy fizika (Elektromagnetizm) fanidan 2-kurs talabalariga o`quv mashg`ulotlarini o`tdi



“Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi” kafedrasida o`quv jarayoniga yuqori malakali xorijiy olimlar, o`qituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish bo`yicha bir qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, joriy o`quv yilida Tojikiston Fanlar akademiyasi Xo`jandDU fizika va qattiq jismlar fizikasi kafedrasi mudiri, Xo`jand ilmiy markazi fizika kafedrasi mudiri f-m.f.d. professor Abduali Abdumannonov  Umumiy fizika (Elektromagnetizm) fanidan 2-kurs talabalariga o`quv mashg`ulotlarini olib borishi rejalashtirilgan.  Bugundan boshlab o`quv mashg`uloti boshlandi. professor Abduali Abdumannonovni fizika matematika fakulüteti dekani X.I.Honboboyev kutib oldi va xamkorlik a`loqalarini yanada rivojlantirish, yangidan yangi shartnomalar tuzish bo`yicha bir qator ishlar rejalashtirildi. Professor Abduali Abdumannonov o`quv jarayonida 2-kurs talabalariga “Elektromagnetizm” fanidan laboratoriya, amaliy va ma’ruza mashg`ulotlarini o`tdi.