Yangiliklar

Chet tillar fakultetida navbatdagi 3-sonli kengash yig`ilishi bo`lib o`tdi


Kengashning jami 25 nafar professor-o`qituvchilaridan iborat o`qituvchilaridan 21 nafari qatnashdi. Kengashda kun tartibida belgilangan barcha masalalar ko`rildi. Turli xil masalalarning 1-bandida keltirilgan o`qituvchi va stajyor- o`qituvchi tanlovi masalasi birinchi bor fakultet kengashining vakolati ostida bo`lib o`tdi. Fakultetning Rus tili va adabiyoti kafedrasi o`qituvchisi D.S.Mirzaliyeva o`qituvchi, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi stajyor-o`qituvchisi F.X.Qosimova stajyor-o`qituvchi lavozimiga tanlovdan o`tdilar. Kengash a`zolari yashirin ovoz berish yo`li bilan tanlovni adolatli o`tkazdilar.