Yangiliklar

Chet tillari fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasida I.S.Turgenev tavalludining 200-yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk va sahiy qalb sohibi” deb nomlangan adabiy kecha bo`lib o`tdi


Rus yozuvchisi, iqtidor va iste’dod sohibi bo‘lgan Ivan Sergeevich Turgenev tavalludining 200 – yilligiga bag‘ishlab rus tili va adabiyoti kafedrasida “Buyuk va sahiy qalb sohibi” deb nomlangan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.



Tadbirni kafedra katta o‘qituvchisi Popova Elena Ivanovna ochib, Turgenevning ijodi va hayoti, yozuvchining jahon adabiyotiga ulkan hissa qo‘shganligi xaqida  so‘z yuritdi. Shundan so‘ng talabalar tomonilan  Turgenev ijodiga bag‘ishlab tayyorlangan chiqishlar namoish etildi.



Kecha davomida talabalar tomonidan tayyorlangan she’riy va musiqiy chiqishlar tinglandi, Turgenevning asari yuzasida olingan “Ota va o‘g‘il” kinofilmidan parcha namoyish etildi. I bosqich 101 hamda 102-guruh  rahbalari Popopva Elena Ivanovna,  Goncharova Nina Vasilevna boshchiligida tayyorlangan adabiy kecha yig‘ilganlarda katta taasurot qoldirdi.