“Ishonch” gazetasining 2019 yil 12 dekabrdagi ¹149-sonidan chop etilgan maqolaga munosabat

“Ishonch” gazetasining 2019 yil 12 dekabrdagi ¹149-sonidan chop etilgan “Stadionmi?.. Yaylov...” nomli maqola yuzasidan Qo‘qon davlat pedagogika instituti quyidagilarni ma’lum qiladi:

Qo‘qon davlat pedagogika institutining Rishton tumanida joylashgan 7-o‘quv binosi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan institut balansiga o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan.

Ushbu buyruqqa asosan 2018-2019 o‘quv yili yakuni bo‘yicha (joriy yilning iyul oyida) Qo‘qon davlat pedagogika instituti tomonidan maxsus ishchi guruh tuzilib, Rishton akademik litseyi ma’muriyatidan binoni institut balansiga qabul qilish ishlari olib borildi.

Ushbu bino institut balansiga qabul qilib olingandan so‘ng mavjud sinf xonalari to‘liq oliy ta’lim tizimiga moslashtirish ishlari olib borildi. Bino joriy ta’mirdan chiqarildi. Shuningdek, binoni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari olib borildi.

Qo‘qon davlat pedagogika institutini 2020 yilda rivojlantirish Dasturida institutning 7-o‘quv binosi (Rishton akademik litseyi)da joylashgan sport zal hamda ochiq maydondagi sport inshootlarini ta’mirlash va jihozlash nazarda tutilgan.

Shunday bo‘lsada, “Ishonch” gazetasining 2019 yil 12 dekabrdagi ¹149-sonida chop etilgan “Stadionmi?.. Yaylov...” nomli maqola institut rahbariyati tomonidan o‘rganilib, vaziyatga tanqidiy munosabat bildirildi. Hozirgi kunda ushbu ob’ektlarda obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.

Mamlakatimizda oliy ta’lim tizimining rivojlantirilishiga va yosh avlod tarbiyasiga befarq emasligingiz hamda muammolarga o‘z vaqtida e’tibor qaratilishi lozimligi to‘g‘risidagi yondoshuvlaringizni institut ma’muriyati qo‘llaydi hamda ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan har qanday munosabatni o‘rganib chiqib, e’tibor qaratadi.

QDPI axborot xizmati