Document
SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA
Maktabgacha ta'lim fakulteti

“Maktabgacha ta'lim” kafedrasi uzoq yillik tarixga ega bo`lib,U dastlab 1945-yil fevral oyida “Maktabgacha tarbiya pedagogikasi” kafedrasi nomi bilan faoliyat ko`rsatgan unga dastlab Z.Qulliyev mudirlik qilgan. 1973-yil O`zbek tili va adabiyoti fakulteti tarkibida “Maktabgacha tarbiya” gruppasi ochildi.1974-yil kuzida Boshlang`ich ta`lim metodikasi gruppasi bilan Maktabgacha tarbiya gruppasi birlashtirilib mustaqil pedagogika fakulteti tashkil etildi. Makatbgacha tarbiya kafedrasiga dastlab p.f.n., dosent Kalonxo`jaeva Zuxra Akramovna mudirlik qilgan. 1987-yilda ushbu kafedra nomi “Maktabgacha tarbiya metodikasi” kafedrasi nomiga o`zgartirilgan,unga tajribali pedagog-olima,pedagogika fanlari nomzodi S.Nabiyeva raxbarlik qilgan. 1998-2000 yillarda kafedra mudiri lavozimida p.f.n., dosent S.Obidjonova faoliyat ko`rsatgan. 2001-2003 o`quv yilida “Maktabgacha ta'lim” kafedrasi BTM kafedrasi negizida tashkil topdi va kafedraga f.f.n., dosent S.Tuychiyev rahbarlik qilgan. 2003-2007 yillarda p.f.n., dosent M.Tolipov, 2007-2008 yillarda p.f.n., dosent N. Erkaboyeva, 2008-2010 yillarda f.f.n., dosent S.Nabiyeva, 2010-2012 yillarda katta o`qituvchi N.Xo`janazarova, 2012-2013 yillarda katta o`qituvchi M.Esonova, 2013-2017 o`quv yilidan p.f.n., dotsent S.Muxamediyeva kafedra mudiri lavozimida ishlab faoliyat yuritib kelgan. 2018-2021 yil p.f.n., dotsent M.M.Umarova kafedra mudiri lavozimida faoliayat yurutgan. 2021-yil iyun oyidan xozirgi kunga qadar tajribali pedagog olima p.f.f.d.PhD. Dots Nazirova Guzal Malikovna rahbarlik qilib kelmoqdalar. 2021-2022-o`quv yilidan Maktabgacha ta`lim kafedrasi tarkibida yangi “Maktabgacha psixologiyasi va pedagogikasi” yo`nalishi ochildi.

Qo`qon davlat pedagogika instituti

Muqimiy nomidagi Qo'qon davlat pedagogika instituti 1931-yil yanvar oyida kechki pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan. Institut 1939-1940 o'quv yilidan boshlab kunduzgi davlat o'qituvchilar institutiga aylantirilgan.

Biz bilan bog'laning :

  • : +998785421143
  • : Qo'qon shaxri, Turon ko'chasi, 23-uy
  • : kspi_info@edu.uz
  • Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

    Codemy © Barcha huquqlarni himoyalagan