Document
SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA
pedagogika va psixologiya fakulteti

Muqimiy nomidagi Qo'qon davlat pedagogika instituti tarkibida pedagogika fakulteti “Maktabgacha tarbiya guruhi” sifatida 1935-yildan o'z faoliyatini boshlagan. O'sha davrda fakultetning 1-kursiga 20 nafar talaba qabul qilingan bo'lib, maktabgacha ta'lim muassasalariga oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlab berish bo'yicha Farg'ona vodiysida yagona, respublikada ikkinchi ilm dargohi hisoblangan. Fakultet tarixida O.Muhammadjonov, Z.A.Kalonxo'jayeva, B.Ibragimov, N.Yoqubov, M.M.Hoshimova, O'.Toshtemirov, L.Zohidov, R.Hoshimov, S.To'ychiyev, S.Obidjonova, N. Erkaboyeva, G'. Najmiddinov kabi professor-o'qituvchilarning xizmatlari katta bo'lgan. Pedagogika fakulteti 1998- yilda boshlang'ich ta'lim metodikasi va pedagogika psixologiya fakultetlari negizida kengaytirildi. 2005-yil sentyabr oyida musiqiy ta'lim yo'nalishi ham pedagogika fakulteti tarkibiga qo'shildi. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2015 yil 28 fevraldagi 52-sonli buyrugiga ko'ra fakultet tarkibiy tuzilmasiga o'zgartirishlar kiritildi. Unda boshlangich ta'lim metodikasi yo'nalishi va maktabgacha ta'lim yo'nalishlari alohida fakultet qilib ajratilgan. 2015 yil mart oyida Mehnat ta'limi va Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ta'lim yo'nalishi ham pedagogika fakulteti tarkibiga qo'shildi. 2019 yil oktabr oyidan pedagogika fakultetining Musiqa ta'limi, Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi, Mehnat ta'limi yo'nalishlari “San'at” fakulteti tasarrufiga o'tkazildi. 2019-2020 o'quv yilidan12.10.2019 №800 U sonli buyrug'iga asosan pedagogika fakulteti negizida “Maktab menejmenti” ta'lim yo'nalishi ochildi. 2019-2020 o'quv yilidan boshlab pedagogika fakultetida 5 ta ta'lim yo'nalishi 5110900 Pedagogika va psixologiya 5111900 Defektologiya (logopediya) 5111900 Defektologiya (surdopedagogika) 5111900 Defektologiya (Oligofrenopedagogika) 5111900 Defektologiya (faoliyat turlari bo'yicha) Magistratura mutaxasisliklari bo'yicha 3 ta ta'lim yo'nalishida talabalat taxsil olmoqda 5A110901 Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo'yicha) 5A111901 Maxsus pedagogika, defektologiya (logopediya) 70110102 Pedagogika va psixologiya 2019-yilda Institut ¬¬¬¬¬¬¬¬¬12.10.2019 № 800 U sonli buyurig'iga asososan fakultetlararo “Umumiy pedagogika va psixologiya” kafedrasi pedagogika fakulteti tasarrufiga o'tkazildi. Fakultetga 1998-2005 yillarda N.Erkaboyeva, 2005-2008 yillarda dotsent I.P.Po'latov dekanlik qilgan. Ayni paytda fakultetni p.f.d., N.Erkaboyeva boshqarib kelmoqda. Fakultetda 3 ta ta'lim yo'nalishida 863 nafar talaba tahsil olmoqda. Xozirgi paytda Pedagogika va psixologiya fakultetida quyidagi kafedralar faoliyat ko'rsatmoqda: Pedagogika Amaliy psixologiya Maxsus pedagogika

Qo`qon davlat pedagogika instituti

Muqimiy nomidagi Qo'qon davlat pedagogika instituti 1931-yil yanvar oyida kechki pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan. Institut 1939-1940 o'quv yilidan boshlab kunduzgi davlat o'qituvchilar institutiga aylantirilgan.

Biz bilan bog'laning :

  • : +998785421143
  • : Qo'qon shaxri, Turon ko'chasi, 23-uy
  • : kspi_info@edu.uz
  • Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

    Codemy © Barcha huquqlarni himoyalagan