Document
SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA
Xorijiy tillar fakulteti

Xorijiy tillar fakulteti Qo'qon davlat pedagogika institutining eng sermaxsul fakultetlaridan biri. Fakultet 1996-yilda Ingliz tili fakulteti nomi bilan faoloyat boshlagan. 1998-yildan boshlab Xorijiy filologiya fakulteti tarkibida rus til va adabiyoti ta'lim yo'nalishi bilan bir qatorda bo'lgan. 2005-yilda O'zbek tili va adabiyoti, rus til va adabiyoti fakulteti bilan birlashtirilib Filologiya fakulteti tashkil topgan. 2015-yildan 2020-yilgacha Chet tillar fakulteti tarkibida faoliyat yuritgan. 2020-yil avgust oyidan boshlab alohida Xorijiy tillar fakulteti sifatida shakillantirildi. Xozirgi kunda fakultetda 60111800-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) va 60112600-Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til (1-kurslar), 5111400-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) va 5112200-Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til bakalavr ta'lim yo'nalishlari bo'yicha talabalar tahsil olishmoqda. Shuning bilan birga mutaxassis chiqaruvchi kafedra 5A111400-Xorijiy tili va adabiyoti magistratura mutaxassisligida maxsus fanlar bo'yicha mashg'ulotlar tashkil etmoqda. Fakultetda 3ta kafedra «Ingliz tili va adabiyoti», “Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til” va «Fakultetlararo chet tillar» kafedralari faoliyat yuritmoqda. Fakultetning yosh o'qituvchilari va iqtidorli talabalari ilmiy izlanishlarga jalb etilishgan. Jumladan, 1ta fan doktori (DsC), 1 ta fan nomzodi, 1 ta dotsent, 6 ta Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) faoliyat yiritadi. Bir qator yosh pedagog-xodimlar doktorlik dissertatsiyalari mavzusi ustida izlanishlar olib borishmoqda. Ta'lim yo'nalishlarining iqtidorli talabalari ilmiy-amaliy konferentsiyalarda qatnashmoqdalar, Davlat stipendiyalariga davogarlik qilishmoqda. 2021-yilda Fakkultetda 1 ta Prezident, 2 ta Navoiy nomidagi stipendiya g'olibi bo'ldilar. O'quv jarayonini ishlab chiqarish bilan yaqinlashtirish hamda ta'lim sifatini oshirish maqsadida bir qator o'rta umumta'lim maktablar va o'rta maxsus o'quv yurtlari bilan xamkorlik ishlari yo'lga qo'yilgan. Jumladan, fakultet kafedralari Qo'qon shahar 4-,5-,21-,30-sonli hamda atrof tumanlardagi Futqat tumani 26-ta o'rta umumta'lim maktablari bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatishgan. O'quv va pedagogik amaliyotlari hamda metodika fanlari bo'yicha amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari shu ob'ektlarda o'tkazilib kelinmoqda.

Qo`qon davlat pedagogika instituti

Muqimiy nomidagi Qo'qon davlat pedagogika instituti 1931-yil yanvar oyida kechki pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan. Institut 1939-1940 o'quv yilidan boshlab kunduzgi davlat o'qituvchilar institutiga aylantirilgan.

Biz bilan bog'laning :

  • : +998785421143
  • : Qo'qon shaxri, Turon ko'chasi, 23-uy
  • : kspi_info@edu.uz
  • Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

    Codemy © Barcha huquqlarni himoyalagan