Talabalar turar joylarida yashovchilar tomonidan qat’iy rioya qilinishi zarur bo‘lgan tartib- qoidalar yuzasidan

YO‘RIQNOMA

I.Talabalar turar joyida yashovchilarning xuquqlari.

  • 1.1.Talabalar turar joyi binolaridagi oshxona, kir yuvish xonasi, xojatxona va yuvinish joylaridan foydalanish ;
  • 1.2.Foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan jihoz, mebel va boshqa mulklarni ta’mirlash, yangilash hamda maishiy xizmatlardan foydalanishda yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ma’muriyatga murojaat etish;
  • 1.3.Talabalar turar joyda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy, sport va tarbiyaviy tadbirlarda faol ishtirok etish;
  • 1.4. Yaratilgan sharoitlar yuzasidan talabalar turar joyi ma’muriyatiga takliflar bilan chiqish;
  • 1.5.Talabalar kengashi raisi va uning a’zoligiga o‘z nomzodini qo‘yish;
  • 1.6.Talabalar kengashi raisi va uning a’zolarini saylash;
  • 1.7.Talabalar turar joyi ma’muriyati faoliyati yuzasidan o‘z takliflarini kiritish;

II.Talabalar turar joyida yashovchilarning majburiyatlari.

  • 2.1.Institut ichki tartib-qoidalariga qat’iy amal qilish;
  • 2.2.Belgilangan tariflarda talabalar turar joyi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish;
  • 2.3.Navbatchilik jadvaliga binoan xonalarda,qavat va kirish joylarida navbatchilik qilish, ma’naviyat va ma’rifat xonalari, dam olish joylarida namunali tozalikni ta’minlash;
  • 2.4.Gaz va elektr asboblaridan unumli foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;
  • 2.5.Xona va umumiy foydalanish joylarini har doim tartibli va ozoda tutish;
  • 2.6.Xonadonlar va talabalar turar joylarida yashayotgan talabalar bilan samimiy va ahil munosabatda bo‘lish;
  • 2.7.Qavat sardorlari va talabalar kengashi topshiriqlarini bajarish;
  • 2.8.Talabalar turar joyi va xonadagi mavjud hamma jihozlarni ( shkaf, divan, kitob javoni, stol, stul va h k) namunali darajada tutish;
  • 2.9.Talabalar turar joyi va xonadagi mebellarni, deraza va unga qo‘yilgan oynalarni;
  • 2.10.Talabalar turar joyi va xonadagi mebellarni, deraza va unga qo‘yilgan oynalarni sindirmaslik, eshik qulflarini talabalar turar joyi mudirining ruxsatisiz almashtirmaslik;
  • 2.11.Umumiy foydalanish joylariga o‘rnatilgan yoritgichlar, elektr va gaz plitalarini ehtiyot qilish, yuvinish xonasi, oshxona hamda ma’naviyat va ma’rifat xonalari jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish;
  • 2.12.Elektr va gaz plitalaridan tejamkor foydalanish, yasama va qo‘lbola elektr isitgich vositalaridan foydalanmaslik;
  • 2.13.Jadval bo‘yicha navbatchilik qilish, belgilangan muddatda qavatni hamda umumiy foydalanish joylarini (hojatxona, yuvinish xonalari, oshxona va boshqa) tozalash, maishiy chiqindilarni maxsus belgilangan joylarga o‘z vaqtida chiqarib tashlash;
  • 2.14.Talabalar turar joyida o‘tkazilgan xashar, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarida muntazam faol ishtirok etish;
  • 2.15.Talabalar turar joylarini turli sabablar bilan (uyga borib kelish, yaqin qarindosh, do‘stini yoki boshqa manzilga) 1-2 kunga tark etish uchun fakultet dekanining ruxsatnomasini olish va qavai sardoriga taqdim etish;
  • 2.16.Talabalar turar joyidan uzoq muddatda ketishdan oldin (yozgi va qishki ta’tilga, dam olishga, amaliyotga) xonadagi jihozlarni va xona kalitini talabalar tarar joyi mudiriga topshirish;
  • 2.17.O‘quv yili yakunlangach, xonani va undagi jihozlarni bir hafta muddat ichida talabalar turar joyi ma’muriyati mudiriga topshirish;


III.Talabalar turar joyida yashovchilarga quyidagilar ta’qiqlanadi:

  • 3.1.Talabalar turar joyi ma’muriyati mudirining ruxsatisiz bir xonadan ikkinchi xonaga ko‘chib o‘tish;
  • 3.2.Yashash xonasida kir yuvish;
  • 3.3.Xonadagi anjomlarni boshqa xonaga ruxsatsiz ko‘chirish;
  • 3.4.Xonadagi elektr tarmoqlarni o‘z xohishicha o‘zgartirish va qo‘shimcha yoritgich o‘rnatish;
  • 3.5.Devorlarga turli rasmlari chizish, har xil qog‘ozlar yopishtirsh;
  • 3.6.Ovoz chiqaruvchi qurilmalar ovozini baland ko‘tarish, baland ovozda ashula aytish va musiqa asboblarini chalish;
  • 3.7.Elektr istigichlar va kerosindan foydalanib ishlaydigan asboblarni ishlatish;
  • 3.8.Begona odamga tunab qolish uchun joy berish;
  • 3.9.Spirtli ichimliklar va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish, saqlash, tamaki mahsulotlarini chekish, sotish ta’qiqlanadi.


IV.Talabalar turar joyida yashovchi talabalarni rag‘batlantirish

  • 4.1.Talabalar turar joyi hayotida faol ishtirok etayotgan, namunali xulqli talabalar quyidagi tartibda rag‘barlantiriladi:

-Faxriy yorliq;
-minnatdorchilik bildiriladi;
-esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi;
-moddiy rag‘barlantiriladi.

  • 4.2.Talabalar turar joyi ijtimoiy hayotida va jamoat ishlarida faol ishtirok etib, talabalar orasida o‘zining namunali xulqi, odobi bilan o‘rnak bo‘lganligihamda ma’naviy- maxrifiy tadbirlar, ko‘rik tanlovlar va sport musobaqalarida faoli ishtirok etib yuqori natijalarga erishgan talabalar O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni, Konstitutsiya qabul qilingan kuniga bag‘ishlangan bayramlarda universitet rektori, fakultet dekani tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi;
  • 4.3.Talabalar turar joyi ichki tartib qoidalariga doimiy ravishda rioya qilib, tartibliligi, odobliligi, jamoat ishlarida faolligi uchun talabaning ota-onasiga fakultet dekani va guruh murabbiysi tomonidan minnatdorchilik xati yuboriladi;
  • 4.5.Talabalar turar joyida jamoatchilik ishlarini bajarganligi, zimmasiga yuklatilgan vazifalarini a’lo darajada bajarganligi va tashabbus ko‘rsatib talabalar uchun ijtimoiy, maishiy xizmatlarni tashkil etganligi, bajarayotgan vazifa moddiy mablag‘lar bilan bog‘liqligini inobatga olgan holda talabalar kasaba uyushmasi tomonidan moddiy rag‘barlantiriladi.

V.Talabalar turar joyi ichki tartib- qoidalarini buzgan talabalarga nisbatan qo‘llaniladigan intizomiy choralar

  • 5.1.Talabalar turar joyi ichki tartib- qoidalarini buzganlarga nisbatan quyidagi choralar qo‘llaniladi:
  • 5.2.Bir marta ogohlantiriladi, agar yana takrorlansa talabalar turar joyidan chetlashtiriladi va qayta qo‘yilmaydi;
  • 5.3.Talabaning ota-oansi bilan suhbat o‘tkaziladi;
  • 5.4.Hayfsan e’lon qilinadi;
  • 5.5.Talabalar turar joyidan chiqariladi;
  • 5.6.Talabalar safidan chiqarish bo‘yicha universitet rektoriga taklif kiritiladi;
  • 5.7.Talabalar turar joyi jihozlarini sindirgan, buzgan shaxslardan etkazilgan zararlari bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda to‘lovlar undiriladi.
Yo‘riqnoma universitet “Ichki-tartib qoidalari”, “Odob-ahloq qoidalari”, va “Talabalar turar joyi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq ishlab chiqildi.