Institutda jami 3 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, Qo‘qon shahar Turon ko‘chasi 23-uy manzilida 1 va 2-sonli TTJ, 1 tasi Qo‘qon shahar Darxon 18-uyda joylashgan. Hozirgi kunda 1-va 2-talabalar turar joylarida jami 608 nafar talabalar (shundan: 1-sonli TTJda 306 nafar,2-sonli TTJda 302 nafar) istiqomat qiladi. Ulardan 450 nafarni qiz bolalar, 58 nafarini o‘g‘il bolalar tashkil etadi. 

3-sonli TTJda kapital ta’mirlash ishlari rejalashtirilganligi sababli hozirgi kunda faoliyati to‘xtatilgan. Talabalar turar joylarida yoshlarning maroqli dam olishlari va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun  quyidagi qulayliklar yaratilgan:

har ikkala TTJ 43 o‘lchamdagi “Artel” televizorlari bilan ta’minlangan. TTJlarda Wi-Fi internet tarqatib berish tarmog‘lari o‘rnatilgan; 

1-sonli TTJda 5 ta muhim tashabbus doirasida “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasida kichik kutubxona tashkil etilgan. TTJlarda 10 tadan kompyuter jamlanmalari talabalar ixtyoriga topshirilgan;