I.A. Karimov nomidagi Davlat stipendianti
      Qo`qon davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat ta`lim yo`nalishi 3- bosqich talabasi Meliqo`ziev Bektimir Ro`zimatjon o`g`li 2017-2018 o`quv yili uchun I.Karimov nomidagi davlat stipendianti bo`ldi.
Meliqo`ziyev Bektimir Ro`zimatjon o`g`li birinchi kursdanoq, o`zining tirishqoqligi, a’lo o`qishi, faolligi va muomila madaniyati bilan talabalar o`rtasida o`rnak bo`ldi. U Qo`qon davlat pedagogika instituti “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakatining eng faol a`zosi. Jismoniy madaniyat kafedrasida tashkil etilgan “Iqtidorli talabalar guruxi” klubining taniqli qatnashchisi hisoblanadi.
Uning tomonidan O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. Karimov asarlari va ma’ruzalarini o`rganishga, O`zbekiston Respublikasida olib borilayotgan yoshlar siyosatiga bag`ishlangan, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga qiziqtirish va ularni komil inson qilib tarbiyalash maqsadi qilib olingan.
Meliqo`ziyev Bektimir Ro`zimatjon o`g`li o`zining favqulotdagi qobiliyati, o`zgacha iqtidori bilan talabalar ichida farqlanib turadi. U birinchi kursdanoq “Yosh bokschilarning musobaqa va mashg`ulot faoliyati xususiyatlarini xisobga olgan xolda ularning texnik-taktik tayyorgarligi ” mavzusi ustida ilmiy – tadqiqot ishlari olib bormoqda. Mutaxasislikka oid ya`ni jismoniy tarbiya va sport qaratilgan mavzu bo`yicha Meliqo`ziyev Bektemirning o`nga yaqin maqolasi chop ettirilgan. Meliqo`ziyev Bektemir Osiyo, Jaxon chempianatlarda, Olimpiya o`yinlarida faol ishtirok etib, faxrli birinchi va ikkinchi o`rinlarni olib kelmoqda.
Meliqo`ziyev Bektimir Ro`zimatjon o`g`lining tashkilotchiligi va tashabbusi ostida, o`quvchi- talabalar orasida o`tkazilayotgan maktab, lisey, KXK, oliy o`quv yurtlarida “Universiada”, “Barkamol avlod”,”Umid nixollari”,”Yozgi Olimpiya -2016” o`yinlari xaqida suxbatlar va tadbirlar o`tkazib kelinmoqda, tadbirda yurtimizda olib borilayotgan demokratik isloxotlar, jismoniy tarbiya va sportga berilayotgan e’tibor va unda yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar ularni sportga bo`lgan qiziqishlari xamda bilimlarini oshirishda katta natija bermoqda.
B.Meliqo`ziyev institutda o`qish jarayonida o`zining bilimga chanqoqligi, turli tadbir va tantanalarni uyushtirish va o`tkazishda tashabbuskorligi bilan talabalar va o`qituvchilar o`rtasida hurmat qozongan. Ilmiy rahbari dosent v.v.b. Z.Umarova bilan birgalikda jami 20 ta maqola hamda 1 ta qo`llanma nashr ettirgan, fahriy yorliqlari soni 15 ta.
 Navoiy nomidagi Davlat stipendianti
     Qo`qon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta`lim va boshlang`ich ta`lim metodikasi fakulteti BTM ta`lim yo`nalishi 3- bosqich talabasi To`ychiyeva Zulfiyaxon Abdulxamid qizi 2017-2018 o`quv yili uchun Navoiy nomidagi davlat stipendianti bo`ldi.
U o`zining bilimdonligi, tirishqoqligi, izlanuvchanligi bilan ko`pchilik talabalardan ajralib turadi. U o`qish davrida o`zini ijobiy tomondan ko`rsatib professor-o`qituvchilar va talabalarning hurmatiga sazovor bo`lmoqda.
    U kamtarin, to`g`riso`z, do`stlariga nisbatan doimo g`amxo`r, mehribon bo`lgani uchun ham kursdoshlari unga hurmat va ehtirom bilan qaraydi. Kelajakda bu iqtidorli talaba sog`lom, barkamol avlodni tarbiyalashda o`z xissasini qo`shadi, ilmiy tafakkuri bilan moxir pedagog bo`lib yetishadi, deb ishonamiz. Z.To`ychiyeva o`qituvchilik kasbiga hurmat bilan qaraydi, zamon talablarini tez va chuqur tushunadigan, o`zining ilmiy, ijodiy, ijtimoiy, siyosiy saviyasini, pedagogik maxoratini izchillik bilan o`stiruvchi, mustaqillik g`oyasi va mafkurasi bilan qurollangan inson bo`lib yetishadi, deb hisoblaymiz.
Z.To`ychiyeva institutda o`qish jarayonida o`zining bilimga chanqoqligi, turli tadbir va tantanalarni uyushtirish va o`tkazishda tashabbuskorligi bilan talabalar va o`qituvchilar o`rtasida hurmat qozongan. Ilmiy rahbari psixol.f.n., dosent N.Jo`raev, jami 16 maqola, shulardan 4 ta chet el maqola, 2 ta tezis, 5 ta qo`llanma nashr ettirgan, faxriy yorlig`i soni 18 ta.
 Navoiy nomidagi Davlat stipendianti

       Qo`qon davlat pedagogika instituti  Tabiiy fanlar     fakulteti  kimyo  o`qitish metodikasi  ta’lim yo`nalishi 4 bosqich    talabasi  Umarxonova Umidaxon Vaxobxon  qizi  2017-2018 o`quv yili uchun Navoiy  nomidagi davlat stipendianti bo`ldi. U o`zining bilimdonligi, tirishqoqligi, izlanuvchanligi bilan ko`pchilik talabalardan ajralib turadi.  U o`qish davrida o`zini ijobiy tomondan ko`rsatib professor-o`qituvchilar va talabalarning hurmatiga sazovor bo`lmoqda.

          U kamtarin, to`g`riso`z, do`stlariga nisbatan doimo g`amxo`r, mehribon bo`lgani uchun g`am kursdoshlari unga hurmat va ehtirom bilan qaraydi. Kelajakda bu iqtidorli talaba sog`lom, barkamol avlodni tarbiyalashda o`z xissasini qo`shadi, ilmiy tafakkuri bilan moxir pedagog bo`lib yetishadi, deb ishonamiz. U.Umarxonova  o`qituvchilik kasbiga hurmat bilan qaraydi, zamon talablarini tez va chuqur tushunadigan, o`zining ilmiy, ijodiy, ijtimoiy, siyosiy saviyasini, pedagogik maxoratini izchillik bilan o`stiruvchi, mustaqillik  g`oyasi va mafkurasi bilan qurollangan inson bo`lib yetishadi, deb hisoblaymiz. U.Umarxonova  institutda o`qish jarayonida o`zining bilimga chanqoqligi, turli tadbir va tantanalarni uyushtirish va o`tkazishda tashabbuskorligi bilan talabalar va o`qituvchilar o`rtasida hurmat  qozongan. Ilmiy rahbari  k.f.n. A.Gapparov bilan birgalikda  jami  29 maqola, shulardan 4 ta chet el maqola, 3 ta tezis, 3 ta qo`llanma nashr ettirgan, faxriy yorlig`i soni  8 ta. 

 Navoiy nomidagi Davlat stipendianti

        Qo`qon davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti  Geografiya o`qitish metodikasi yo`nalishi  4- bosqich    talabasi Tobirov Odiljon Qobiljon o`g`li 2017-2018 o`quv yili uchun Navoiy  nomidagi davlat stipendianti bo`ldi. Tobirov Odiljon Qobiljon o`g`li birinchi kursdanoq, o`zining tirishqoqligi, a’lo o`qishi, faolligi va muomila madaniyati bilan talabalar o`rtasida o`rnak bo`ldi. U Qo`qon Davlat pedagogika instituti “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakatining eng faol a`zosi.

         Uning tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoev asarlari va ma’ruzalarini o`rganishga, O`zbekiston Respublikasida olib borilayotgan yoshlar siyosatiga bag`ishlangan, yoshlarni geografiya faniga qiziqtirish va ularni komil inson qilib tarbiyalash maqsadi qilib olingan.

       Tobirov Odiljon Qobiljon o`g`li o`zining favqulotdagi qobiliyati, o`zgacha iqtidori bilan talabalar ichida farqlanib turadi. U birinchi kursdanoq “O`zbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari” mavzusi ustida ilmiy – tadqiqot ishlari olib bormoqda. Mazkur mavzu va geografiya fani bo`yicha Tobirov Odiljonning o`ttizdan ortiq maqolasi chop ettirilgan. O. Tobirov Respublika miqyosidagi va xalqaro konferensiyalarda qatnashgan. Shuningdek, 2016-yilda OTM lar o`rtasidagi II tur Respublika fan olimpiadasida Geografiya fani bo`yicha II o`rinni egallab, Oliy va O`rta maxsus ta`limi vaziri tomonidan II darajali diplom bilan taqdirlandi.  Bundan tashqari   “MARKAZIY OSIYO GEOGRAFIYASI” mavzusidagi o`quv – uslubiy qo`llanmasi va “GEOGRAFIK MA`LUMOTLAR TO`PLAMI” ilmiy risolasi 2017 yilda nashr ettirildi.

         O.Tobirov  o`qish jarayonida o`zining bilimga chanqoqligi, turli tadbir va tantanalarni uyushtirish va o`tkazishda tashabbuskorligi bilan talabalar va o`qituvchilar o`rtasida hurmat  qozongan.   Ilmiy rahbari  katta o`qituvchi O.Abdunazarov   bilan birgalikda  jami  30 ta maqola  hamda 4 ta qo`llanma  nashr ettirgan, fahriy yorliqlari soni 7 ta.