Informatika o`qitish metodikasi кафедраси

 Informatika o’qitish metodikasi kafedrasi

    Kafedramiz o‘z faoliyatini 1987 yilda boshlagan. Kafedraga 1987 yildan 2012 yilgacha ustozlardan f.-m.f.n, dotsent V.G.Qahhorov, t.f.n. M.Oripov, t.f.n. O.Qo‘shmatov, f.-m.f.n. I.Nabiev, t.f.n., dotsent S.Xaydarova, f.-m.f.n. SH.Soliev, f.-m.f.n. B.Mamadalievlar mudirlik qilgan. 2012 yildan boshlab kafedraga t.f.n. A.Q.Abdullaev rahbarlik qilib kelmoqda.

       Informatika va AT kafedrasi o‘z faoliyatini 1987 yilda boshlagan.  1987 yilda kafedra “Hisoblash matematikasi va informatika kafedrasi” deb nomlanib, o‘sha vaqtda institutda va fakultetda eng yosh kafedralardan hisoblangan. SHunday bo‘lsada, kafedraning a’zolari bo‘lgan fizika-matematika fanlari nomzodlari N.SHeraliev, A.Xasanov, O.Qo‘shmatov, texnika fanlari nomzodi M.Oripov, pedagogika fanlari nomzodi A.Ergashev, katta o‘qituvchi M.Ibrohimova va o‘qituvchilar H.Inomjonova, Z.Sanginova, A.Ibrohimov, A.Ismoilovlar fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent V.G.Qahhorov (kafedra mudiri) rahbarligida kafedra ishini talablar darajasiga ko‘tarish, o‘qitishni hozirgi zamon ilmiy -texnika yutuqlarini qo‘llash asosida olib borish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratishda katta tadbirlarni amalga oshirganlar.  

        Hozirda kafedrada o‘z sohasining yirik namoyandalari hisoblangan va kafedra ilmiy salohiyatini ko‘tarib kelayotgan ustozlarimiz faoliyat ko‘rsatib, o‘z bilim va tajribalari bilan yosh avlodni tarbiyalamoqdalar: dotsent X.I.Xonboboev, dotsent S.Xaydarova, A.Q.Abdullaev, katta o‘qituvchi SH.Axmadaliev, katta o‘qituvchi R.Toshpo‘latov,  katta o‘qituvchi Z.Marasulova lar. Kafedramizda yuqorida nomlari zikr etilgan ustozlarimizning davomchilari faoliyat ko‘rsatib kelayotgan: X.Xasanov, I.Rasulov,F. Najmiddinov, SH.Qarshieva, Z.Axmedova, M.Madraximova, umidli yoshlarimiz: F.SHirinov, A.Komolov, E.Raxmonov, I. Meliqo’ziyev, O’. Abduhrahmonov, T. Mamadaliyev, A. Xasanov, I. Marahimovlarni keltirish mumkin.