Matematika o`qitish metodikasi

 Matematika o`qitish metodikasi

            Qo`qon Davlat Pedagogika institutida matematika fani bo`yicha professor – o`qituvchilar Matematika fakulteti ochilgunga qadar “Boshlang`ich ta`lim metodikasi” kafedrasi tarkibida faoliyat ko`rsatganlar. Matematika kafedrasi o`zining asosiy faoliyatini 1970 yilda Matematika fakulteti ochilishi bilan boshlagan. Unga birinchi bo`lib 1970 – 1974 yillarda dosent X.Fozilov mudirlik qilgan. 1974 – 1984 yillarda kafedrani dosent X.Mavlonqulov boshqardi. 1984 yilda kafedra  ikkita kafedraga ajratildi. Bu kafedralar “Oliy matematika” va “Fizika va matematika o`qitish metodikasi” deb nomlandi. “Oliy matematika” kafedrasiga f.-m.f.n. SH.Soliev 1984 yildan 1987 yilgacha mudirlik qildi. 1987 yildan 1995 yilgacha kafedraga professor Q.Boyqo`ziev mudirlik qildi. 1995 yilda kafedra tarkibidan “Algebra va geometriya” kafedrasi mustaqil ajralib chiqdi. Bu kafedraga f.-m.f.n. SH.Soliev rahbarlik qildi. 1999 yildan  “Oliy matematika” va “Algebra va geometriya” kafedralari qaytadan birlashib,  unga f.-m.f.n. SH.Soliev kafedra mudiri bo`ldi.

2001 yilda kafedra tarkibiga institutning “Fakultetlararo matematika” kafedrasi ham birlashtirilib, uni “Matematika” kafedrasi deb nomlandi. 2004 yil oxirida institutning “Informatika va hisoblash matematikasi” kafedrasi ham “Matematika” kafedrasi tarkibiga kiritilib, uni “Matematika – informatika” kafedrasi deb nomlandi. Kafedraga dosent SH.Soliev kafedra mudiri qilib saylandi. 2010 yildan 2012 yilgacha kafedraga f.-m. fanlari nomzodi B.Mamadaliev, 2012 yil martdan   “Matematika – informatika” kafedrasiga t.f.n.  A.Abdullaev.

2013 yilsentyabr oyidan “Matematika-informatika” kafedrasi ikkita kafedraga ajratildi. Bu kafedralar “Matematika” va “Informatika va axborot texnologiyalari” deb nomlandi. “Matematika” kafedrasi mudiri etib p.f.n. X.Ustadjalilova saylandi. Xozirgi kunda kafedrada 27nafar professor-o`qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Ulardan bittasi fan doktori, sakkiztasi fan nomzodlari oltitasi katta o`qituvchilardir.

Kafedrada o`z sohasining yirik namoyandalari hisoblangan va kafedra ilmiy salohiyatini ko`tarib kelayotgan ushbu ustozlarimiz o`z bilim va tajribalari bilan yosh avlodni tarbiyalamoqdalar: dosent SH.Soliev, dosent M.Mamajonov, dosent S.Nosirov, katt o`qituvchi YU.Jo`raev, fan doktori D.Akbarov, dosent U.Akbarov, katta o`qituvchi B.Mamadaliev. Ular o`zlarining pedagogik va ilmiy faoliyatlari bilan kafedramizni institutning etakchi kafedralari qatoriga chiqardilar.

Kafedra tashkil topganidan boshlab, kafedrada hozirda marxum Republikamizda taniqli ustoz olim – pedagoglarni faoliyatlarini eslatib o`tishn kerak. Bular dosent X.Fozilov, professor Q.Boyqo`ziev,         f.-m.f.n. N.SHeraliev, p.f.n. M.Xayitov, katta o`qituvchi O.Suvonovlar.

 Kafedramizda yuqorida nomlari zikr etilgan ustozlarimizning davomchilari faoliyat ko`rsatib kelmoqdalar: p.f.n. X.Ustajalilova, f.-m.f.n. X.Jumaqulov, R.Zunnunov, katta o`qituvchilar M.Mansurov, A.Turg`unov, A.Ergashev, M. Ummatova, O. Maxmudova, G. Axmedova va  umidli yoshlarimiz: U.Asqarov, G.Rasulova, D.Aroev, X.To`raqulov, S.Mamajonov, SH.Jo`raev, F.Rafiqov, X.Ergasheva, X.Maxkamov, D.Mo`ydinjonovlarni keltirish mumkin.

Kafedra a`zolari butun kuch, bilim va imkoniyatlarini Respublikamiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan ilmli va salohiyatli yosh pedagog kadrlarni tarbiyalash va tayyorlashga sarf qiladilar, davlatimiz rivojiga hizmat qiladilar deb ishontirishim mumkin.