Fizika va astrnomiya кафедраси

                                                                  Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi kafedrasi

Fizika kafedrasi Matematika fakulteti qoshidagi Matematika o`qitish metodikasi va fizikakafedrasi tarkibidan  1991 yilda ajralib tashkil etilgan.

Kafedraga dastlab prof.  M.  Madaliev, dos.I.M.Kokanbaev, katta o`qit.G`.Tojiboevlar mudirlik qilishgan.

2012 yil yanvar oyidan 2016 yil mart oyigacha kafedraga B.A.Mamadaliev rahbarlik qildi, mart oyidan oktyabr oyigacha f.-m.f.n., dosent I.M.Maxmudov, oktyabr oyidan  f.-m.f.n., dosent B.M.Mamadaliev raxbarlik qilib kelmoqda.

Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi kafedrasida 2017-2018 o`quv yilida    jami 17 nafar professor-o`qituvchilar faoliyat ko’rsatishadi. Shundan 13 nafarini (81,25 %) asosiy shtatdagi professor-o`qituvchilar tashkil etadi. Asosiy shtatdagi professor-o`qituvchilardan 5 nafari (38.5%) ilmiy darajalilar bo`lib, shundan 2 nafari (15,4%)  fan nomzodi-dosentlar. Ilmiy salohiyat38.5%. Kafedra o`qituvchilarining o`rtacha yoshi 40-45 yosh.

Kafedrada qoshidagi fizika va astronomiya o`qitish metodikasi yo`nalishining 1-kursida 68 ta, 2- kursda 59 ta, 3- kursda 53 ta va 4-kursda 59 ta jami 239 ta ta’lim yo`nalishi bo`yicha bakalavrlar, 5A110201-aniq va tabiiy fanlar o`qitish metodikasi (fizika va astronomiya) magistra mutaxassisligi 1-kursda 4 ta mutaxassislik bo`yicha magistrlar tayyorlanadi.

Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Oliy ta’lim muassasalarini yangi 2017-2018 o`quv yiliga tayyorgarlik harakat dasturiasosida Qo`qon davlat pedagogika institutining 2017-2018 o`quv yiliga tayyorgarlik harakat dasturi asosida kafedraning dasturi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.

Kafedrada mavjud barcha bakalavriat ta’lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini o`z ichiga olgan ta’lim sohalarining DTSlari OO`MTVning 2015 yil 21 avgustidagi 303-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan va o`rnatilgan tartibda O`zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ro`yxatidan o`tkazilgan.

Mavjud 2,3,4-kurs bakalavr ta’lim yo`nalishlari (3 ta) va 1-kurs magistratura mutaxassisliklarining (1ta) barchasini malaka talablari mavjud.

       2017-2018 o`quv yilida bakalavr ta’lim yo`nalishlarining 1-kurslarida 2017 yilgi, 2-kurslar 2016 yilgi, 3-kurslar 2015 yilgi va 4-kurslar 2014 yilgi o`quv rejalar bilan o`quv jarayoni tashkil etiladi.