O`zbek adabiyoti кафедраси

O`ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI

1939 yil 1 iyuldan kunduzgi o`qituvchilar pedagogika instituti tashkil qilingach, shu yildan o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`z faoliyatini boshlagan.  Unga quyidagi olimlar rahbarlik qilib kelganlar: dastlab Sodirxon Erkinov rahbar etib tayinlandi. 1940-41 yillarda bu lavozimda Qayum Po`latov  faoliyat olib bordi.  Kafedrada ilmga chanqoq ustozlar I.Rasulov, Z.Jalolova, H.Saidalieva, L.Zohidov, M.Hoshimovalar talabalarga ta`lim berib, ularning og`zaki nutq malakalarini oshirishda samarali mehnat qildilar.  1962 yili kafedra O`zbek tilshunosligi va O`zbek adabiyoti kafedralariga bo`lindi. 1971-76 yillarda o`zbek adabiyoti kafedrasiga L.Zohidov mudirlik qildilar. 1976-84 yillarda N.Abdullaev mudir sifatida faoliyat olib bordi. SHuningdek, 1984-93 yillarda L.Zohidov, 1993-95 yillarda R.Tojiboev, 1995-96 yillarda M.Siddiqov, 1996-2009 yillarda M.Hoshimova, 2009-2015 yillarda B.Abdurahmonovalar kafedraga boshchilik qildilar.

 

Hozirda kafedraga M.Jamoliddinov rahbarlik qilmoqda.   Ayni paytda 17 nafar tajribali o`qituvchi faoliyat ko`rsatmoqda. Ularning 9 tasi fan nomzodi, 6 tasi dosent, 3 tasi dosent vazifasini bajaruvchi, 1 tasi katta o`qituvchi, 7 tasi o`qituvchi lavozimida o`z faoliyatlarini davom ettirmoqdalar.