O`zbek tili кафедраси

 O`ZBEKTILI KAFEDRASI

O`zbek tili kafedrasi 1962 yilda “O`zbek tili va adabiyoti”  kafedrasidan ajralib chiqqan bo`lib, unga birinchi bo`lib  I.Rasulov, B. Madalievlar mudirlik qilganlar. 1934-1962 yillarda kafedrada B. Jalolov, B. Madaliev, X. YAdixanova, I To`raqulov, M. Saydalieva, I. Suyarov, J. Abdullajonova. Kiyinchcalik kafedra institutni tamomlagan iqtidorli mutaxassislar hisobiga kengaydi. O.Bozorov, N. Oxunov, I.Po`latov, S.Tuychiev, J.Abdullajonova, R.SHukurov, N.Po`latov kabilar “O`zbek tili va adabiyoti” ta`lim yo`nalishini tugatib, kafedrada ishladilar va keyinchalik nomzodlik dissertasiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. SHu jumladan, O.Bozorov va I.Po`latovlar Moskvadagi Butunittifoq pedagogika fanlari ilmiy-tekshirish instituti aspiranturasida ta`lim oldilar va u erda nomzodlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, kafedraga qaytdilar. Kafedrada o`quv-tarbiya hamda ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlanishida institutda 1951 yilda birinchi bo`lib nomzodlik dissertasiyasini va 1980 yilda doktorlik dissertasiyasini yoklagan va dastlab professorlik unvoniga sazovor bo`lgan Inomjon Rasulovning xizmatlari katta.
Kafedra a`zolari o`zlarining pedagoglik faoliyatlari davomida oliy ta`lim va maktablar uchun ko`plab darsliklar, ilmiy-metodik qo`llanmalar, ommabop risolalar yaratganlar va nashr ettirganlar.
Kafedra Mustaqillik davriga kelib yanada kengaydi va yosh tadqiqotchi olim va olimalar bilan boyib bordi. Bular qatorida 1994 yilda nomzodlik va 2009 yilda dosentlik unvoniga sazovor bo`lgan I.Madrahimov, 1997 yilda nomzodlik va 2007 yilda dosentlik unvoniga ega bo`lgan SH.T.Akramov, 2004 yilda nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan katta o`qituvchi O.O. Bozorov, 2007 yilda nomzodlik va  2010   yilda dosentlik unvonini olgan O.To`xtasinova, 2010 yilda nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan A.Xasanov, 2011 yilda nomzodlik dissertasiyasini himoya qilganlar D.Xasanova va M.Ergashova kabilarning nomlarini alohida ta`kidlash joizdir. Hozirda mazkur fan nomzodlari qatoridan o`rin olish borasida tinmay izlanishlar olib borayotgan yoshlar qatorida G`.Rahmonov, U.Yigitaliev, S.Usmonova, X.Ahmedova, M.Mamajonova, M.Rahimova, D.Rahmatullaevalarni ko`rsatish mumkin. Kafedrada ilmiy izlanishlari uslubiyat bilan bog`liq tajribali o`qituvchilar ham yo`q emas. Jumladan, katta o`qituvchi S.Odilov, J.Umarovlarning bir nechta maqola va uslubiy tavsiyalari respublika matbuotida nashr etilgan.
Umuman olganda, Mustaqillik davri mobaynida kafedra f.f.d. O.Bozorov, dos.I.Po`latov, dos.I.Madrahimov, dos.O.To`xtasinova, dos.SH.Akramovlar mudirlik faoliyatlari davrida ilmiy salohiyat jihatidan  yanada yuksaldi va yuksalish borasida dadil qadam tashlamoqda.