Geografiya o`qitish metodikasi кафедраси

 

Geografiya o’qitish metodikasikafedrasi faoliyati 

Kimyo-geografiya fakulteti 1998 yil Umumtexnika fakultetidan ajralib chiqqan bo’lib, fakultetda kimyo va umumiy biologiya kafedralari faoliyat yuritgan. Umumiy biologiya kafedrasi tarkibida geografiya mutaxassislari ham tayyorlanar edi. 1999-2000 o’quv yilining mart oyidan boshlab geografiya kafedrasi tashkil etildi va hozirda institutning mutahassis chiqaruvchi kafedrasi sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.  

2000 yil kafedraga b.f.n. A.Jabborov, 2001-2004 yillarda kafedraga b.f.n. S.Abdunazarov, 2004 -2010 yillarda M. Mo’ydinov,2010-2011 yillarda b.f.d. prof. V.Isaqov, 2012 yil yanvar oyidan i.f.n. N. Babaeva, 2014 yil avgust-noyabr oylarida g.f.n.O.Qo’ziboyeva, 2014 yil noyabr oyidan g.f.n.D.Mo’minov  rahbarlik qilib kelmoqda.

Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi 2011 yil noyabr oyida “Geografiya (2000 yil)” va “Iqtisodiyot nazariyasi (1991 yil)” kafedralarining birlashishi asosida tashkil topdi. 2014 yil avgust oyidan kafedra Geografiya o’qitish metodikasi deb nomlandi.

Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi 5140500 - geografiya va iqtisodiy bilim asoslari hamda 2011-2012 o’quv yilidan 5110500 - Geografiya o’qitish metodikasi yo’nalishlarida o’qish muddati 4 yil bo’lgan “Bakalavr” malakaviy darajasiga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlaydi.

“Geografiya o’qitish metodikasi” kafedrasi o’z faoliyatini O’zbekiston ta’lim tizimi islohotining  dasturiy asosi bo’lgan “Ta’lim to’g’risida”gi  qonun, “Kadrlar tayyorlashning  Milliy      dasturi”, “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” , “Barkamol avlod yili”, “Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik yili”, “Mustahkam oila yili” davlat dasturlari, “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi” yili davlat dasturi, Prezidentimiz I.A. Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni barataraf etishning yo’llari va choralari”, «Asosiy vazifamiz –vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir», “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, deb nomlangan ma’ruza va asarlarini o’rganish hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning yilning  asosiy yakunlari va keyingi yilda O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi navbatdagi ma’ruzalarini chuqur o’rganish, Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi, Xalq ta’limi Vazirliklari qabul qilgan aniq maqsadli tadbirlarni amalga oshirishga qaratib kelmoqda.

Bugungi kunda “Geografiya o’qitish metodikasi” kafedrasida faoliyat yuritayotgan o’qituvchilar soni 15 kishi tashkil etib, ulardan 1 tasi fan doktori, professor, 3 kishi fan nomzodlari hamda dosentlar, 3 ta katta o’qituvchi,  6 kishi o’qituvchilar, 2 kishi assistant o’qituvchilardir.  Mустақиллик йилларида профессор – ўқитувчилардан 3 нафари ўз илмий – тадқиқот ишларини муваффақиятли ҳимоя қилдилар.

 Kafedrada faoliyat yuritayotgan professor – o’qituvchilarning ilmiy salohiyati 27 % ni tashkil etmoqda.

Kafedra a’zolari qo’yidagi yo’nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishadi:

 

1.            Tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy resurslarni urganish xamda tadqiqot natijalarini ta’lim jarayonida innovasiya metodlari asosida qo’llash.

Tadqiqotlar yuqoridagi umumiy mavzu asosida ikki yo’nalishda olib boriladi:

A) Tabiiy resurslarning geoekologik xolati, ulardan foydalanish va muxofaza kilish.

B) Geografiya fanini o’qitish uslubiyoti

2.  O’zbekiston iqtisodiy taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari, xususiyatlari va muammolari.

 3. Uzluksiz ta’lim tizimida iqtisodiy bilim asoslarini o’qitishning dolzarb muammolari.

Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi professor – o’qituvchilari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya hizmati Markazi Gidrometeorologiya ilmiy – tekshirish instituti, O’zbekiston Respublikasi Bank – moliya akademiyasi, O’zbekiston Milliy universiteti hamda tayanch oliy o’quv yurti ToshDPU, FarDU, AnDU va NamDU bilan ilmiy-uslubiy hamkorliklar olib bormoqda.

Kafedradagi ta’lim–tarbiya jarayoni, ilmiy–uslubiy ishlar, ma’naviy–ma’rifiy tadbirlar har o’quv yilida kafedra jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan kafedraning yig’ilishilar rejasi, kafedraning yalpi rejasi, kafedra mudirining shaxsiy ish rejalari asosida tartibga solinadi va boshqariladi.

O’quv yili davomida har oyda bir marotaba kafedra yig’ilishi o’tkazilib, yig’ilish rejasidagi kun tartibiga ko’ra ilmiy-uslubiy, ilmiy, ma’naviy–ma’rifiy, tashkiliy-uslubiy sohadagi masalalar muhokama etiladi hamda tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosi o’quv yili davomida ta’minlanadi va kafedra mudiri tomonidan nazorat qilinadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va O’rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi Vazirligining buyruq va xay’at qarorlari, Farg’ona viloyati va Qo’qon shahar hokimligining buyruq va ko’rsatmalarini ijrosini ta’minlash maqsadida kafedrada navbatdan tashqari yig’ilishlar o’tkazilib ularni o’rganib chiqiladi, ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilanadi. Yuqori tashkilotlarni buyruq va ko’rsatmalarini ijrosini ta’minlash maqsadida kafedrada montoring tashkil etilgan bo’lib tegishli jurnallarga qayd etiladi hamda ijrosi nazoratga olinadi.   

 

Respublikamizda ta’lim sohasida o’tkazilayotgan tub islohotlarning mazmuni bugungi kunda ta’lim  jarayonini loyixalashga yangicha yondashuv bilan boyib bormoqda.

 Pedagogik texnologiya – vaqt taqsimotiga muvofiq dasturlanib, ilmiy jihatdan asoslangan hamda kutilgan natijaga erishishni ta’minlovchi pedagogik jarayonning barcha bosqich va qismlarining vazifalari aniq belgilangan tizimdir.

Zamonaviy o’qitish texnologiyalari majmuaviy integral (butun, uzviy bog’liq) tizim bo’lib, unda ta’lim maqsadlari asosida belgilangan, ko’nikma va malakalar o’quvchilar tomonidan nazariy bilimlarni o’zlashtirish, ularda muayyan ma’naviy-ahloqiy sifatlarni tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat elementlarning ma’lum tartibga solingan to’plami sifatida aks etadi.

Kafedra qoshida o’qitilayotgan fanlardan o’tkazilayotgan ma’ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlarda zamonaviy ta’lim texnologiyalar joriy etilayotgan bo’lib ular yordamida dars samarasi yanada ortib bormoqda.   

Kafedra qoshidagi o’quv xonalar kompyuter va proyektorlar bilan jihozlangan bo’lib, mashg’ulotlar zamonaviy ahborot texnologiyalar yordamida o’tkaziladi. O’qituvchilar seminar va amaliy mashg’ultlarini olib borishda ko’proq talabaning faolligiga e’tibor qaratmoqda. Har bir fan bo’yicha mustaqil ta’limga oid mavzular kafedraning “Mustaqil ta’lim mavzulari” oynasida o’z aksini topgan.

 

Kafedra professor-o’qituvchilari ma’ruza mashg’ulotlarini jarayonida yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish bilan bir qatorda axborot texnologiyalaridan ham o’z o’rnida unumli foydalanmoqda. O’quv rejasidagi mutaxasislik fanlarining barchasidan ma’ruza mashg’ulotlarining har bir mavzusi bo’yicha taqdimot ko’rinishidagi darslar tayyorlangan va talabalarga taqdim etilmoqda.

Geografiya va IBA hamda Geografiya o’qitish metodikasi bakalavr ta’lim yo’nalishi o’quv rejasidagi fanlarning namunaviy dasturida tavsiya etilgan adabiyotlarning asosiy qismi institut kutubxonasida mavjud. O’quv adabiyotlardan foydalanish darajasini yaxshilash maqsadida fanga oid o’zbek, rus tillarida nashr etilgan darslik, o’quv qo’llanmalar va ilmiy adabiyotlarni elektron variantlari tayyorlanib alohida xonada jamlangan va talabalarning maqsadli foydalanishi qo’lga qo’yilgan. shu bilan birgalikda kafedra professor – o’qituvchilari tomonidan o’quv va o’quv – uslubiy qo’llanmalar yaratilib kelinmoqda.

Kafedradagi professor-o’qituvchilarning har biri birinchi bosqichga o’qishga qabul qilingan talabalardan iqtidorlilarini tanlab, 4 yil davomida ushbu talaba bilan indivudial holda shug’ullanib bormoqda. Hozirgi kungacha iqtidorli talabalar bilan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida ulardan 4 nafari Fond forum jamg’armasi tomonidan tashkil etilgan “Menejer” loyihasini seminar treninglariga taklif etilib, ularda bosqichma – bosqich o’qib tegishli sertifikatlarni olishga muvaffaq bo’ldilar. SHuningdek, geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta’lim yo’nalishining 4 – bosqich talabasi Jabborova M. 2012 yilning aprel oyida Andijon Davlat universitetida o’tkazilgan Geografiya fanlaridan talabalar Respublika  fan Olimpiadasida o’z iqtidorini to’liq namoyon etib, munosib II – o’rinni egalladi.

Geografiya o’qitish metodikasi bakalavr ta’lim yo’nalishi talabalariga DTS va namunaviy o’quv rejasiga muvofiq 1,2,3 - bosqichlarda o’quv va dala amaliyoti o’tkaziladi. Ularning o’quv - dala amaliyoti Qo’qon shahri atrof tumanlarda hamda shahardagi  umumta’lim maktablarida o’tkazilmoqda.