Maktabgacha ta`lim кафедраси

 Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi

           Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi  1977-yilda tashkil topgan bo’lib, unga dastlab Erkinjon Toshpo’latov mudirlik qilgan. Kafedrada ona tili, ona tili o’qitish metodikasi, mehnat o’qitish metodikasi,  tasviriy san’at o’qitish metodikasi, musiqa o’qitish metodikasi, tabiatshunoslik o’qitish metodikasi fanlari o’qitilgan.1987 yildan mehnat ta’limi va tasviriy san’at fanlari alohida kafedra bo’lib ajrab chiqqach, kafedrada o’zbek tili va musiqa fanlari o’qitila boshlangan. 1988 yildan boshlab filologiya fanlari nomzodi R.SHukurov kafedra mudiri lavozimida ishlay boshlagan.

1990 yildan musiqa fani ham alohida kafedra bo’lib chiqib ketdi. SHu yillarda kafedra BTM fakulьteti qoshidagi o’zbek tili kafedrasi deb yuritila boshlandi.

1992 yildan kafedrada rus tili va uni o’qitish metodikasi fani soatlari berilishi bilan “Filologiya” deb nomlandi. SHu yildan kafedraga filologiya fanlari nomzodi Mo’minjon Xalilov mudirlik qila boshladi.

1998 yildan filologiya fanlari nomzodi, dosent Saminjon To’ychiev kafedraga rahbarlik qilgan.

1998 yildan boshlab kafedra yana ”Boshlang’ich ta’lim metodikasi” nomini olgach, ona tili, ona tili o’qitish metodikasi, matematika, matematika o’qitish metodikasi, mehnat o’qitish metodikasi,  tasviriy san’at o’qitish metodikasi fanlari ham o’qitilmoqda.

1999-2000 o’quv yilida matematika siklidagi fanlar ajrab chiqdi.

2001-2002 o’quv yilidan boshlab “MT va BTM kafedrasi” deb nomlandi.

2002 yildan kafedra yana ”Boshlang’ich ta’lim metodikasi” nomini oldi.

2005 yil dekabrь oyidan boshlab kafedraga filologiya fanlari nomzodi Z.Isaqov mudirlik qildi

2012 yil yanvar’ oyidan boshlab kafedraga filologiya fanlari nomzodi D.Jamoliddinova mudirlik qilmoqda .

Hozirda kafedrada 15 nafar o’qituvchi asosiy shtatda, 6 nafar o’qituvchi o’rindoshlik asosida mehnat qilmoqda (bu haqdagi ma’lumot keyingi jadvalda keltiriladi), kafedraning ilmiy salohiyati: 31,2 %.

 

KAFEDRANING ASOSIY YUTUQLARI

 Kafedraning barcha a’zolari ilmiy-uslubiy faoliyat bilan mashg’ullar. O’.Toshmatova TDPU dosenti M.Jumaev rahbarligida “Boshlang’ich sinflarda matematikadan fakulьtativ darslarni tashkil etish”, R.Tolipov “Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining matematik ta’limni prognozlashga tayyorlash` mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqdalar. A.To’raxo’jaeva Andijon DU professori A.Nurmonov rahbarligida “Milliy mafkuraga oid yangi lug’aviy birliklar tizimi”, O.Parpiev TDPU professori B.To’xliev rahbarligida `Ona tili darslarida o’quvchilarning yozma nutqlarini takomillashtirish usullari (she’riy asarlar tahlili misolida)”, M.Qodirova TDPU professori S.Matchonov rahbarligida “Boshlang’ich sinf o’quvchilarining yozuv ko’nikmalarini shakllantirishning nazariy-metodik asoslari”, D.Nizomiddinova O’zbekiston Respublikasi Til va adabiyot ilmiy tekshirish instituti professori E.Begmatov rahbarligida “Farg’ona vodiysi antropotonimlari” mavzusida, A Marayimov O’zbekiston Respublikasi Til va adabiyot ilmiy tekshirish instituti professori N. Maxmudov rahbarligida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Kafedrada 7 ta asosiy fan o’qitiladi. 2 ta asosiy fanlar ona tili va matematika fanidan modullar ishlab chiqilgan.Ona tili fanidan Z.Isoqov,matematika fanidan X.Mamadalievalar modul texnologiyasini ishlab chiqib axborot resurs markaziga topshirishgan. Kafedra o’qituvchilari Z.Isaqov, D.Jamoliddinova, O.Parpiev, A.Marayimov, N.Ahmedovalar tomonidan boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun o’quv-uslubiy qo’llanmalar yaratilgan.

MA’NAVIY MARIFIY ISHLAR

Boshlang’ich ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar 1-talabalar uyida istiqomat qilishadi.Kafedra o’qituvchilari talabalar turar joyida grafik asosida navbatchilik qilishadi.Kafedrada yotoqxonada o’tkaziladigan kafedra xaftaligi ishlab chiqilgan va navbatchilikda qolgan o’qituvchilar berilgan mavzular bo’yicha davra suhbatlari va ko’ngilochar tadbirlar o’tkazib bayonnomasini ma’naviyat bo’limiga topshirishadi.

4.Ma’naviy-ma’rifiy ishlarga oid masalalar kafedraning yig’ilishlar rejasiga kiritilgan.Kafedraning yig’ilishlarida talabalar davomati,kiyinish madaniyati va odob-ahloq kodeksi muntazam muhokama qilib boriladi.