Umumiy pedagogika va psixologiya кафедраси

UMUMIY PEDAGOGIKA  VA PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
 
Umarova Muqaddas Muxtarovna, psihologiya fanlari nomzodi,dotsent,Umumiy  pedagogika – psihologiya  kafedrasi  mudiri,1958 yilda tug`ilgan. Ma`lumot   olishi :  pedagogika – psixologiya fanlari o`qituvchisi,1975  QDPI,  1989   Moskva. Fakultet novыx metodov i sredsv  obucheniya2004 yil Toshkent sh., O`zbekiston  Respublikasi;Ilmiy  tadqiqot  soxasi :   ijtimoiy  psihologiya, etnopsixologiyaNashrlari  ja`mi : 89, 1ta monografiya, 8 ta o`quv  qo`llanma, 6ta o`quv uslubiy qo`llanma  Abduqodirov  Roxatali , pedagogika fanlari nomzodi, 1949 yilda tug`ilgan Nashrlari  ja`mi :  32, 2 ta o`quv  qo`llanmaAyni paytda kafedrada 32 nafar professor-o`qituvchilar faoliyat ko`rsatmoqdalar. Ulardan 24 nafari asosiy shtatda, 8 nafari o`rindosh sifatida faoliyat ko`rsatib kelmoqdalar. Kafedrada  2 nafar fan nomzodi, dotsent, 7 nafar katta o`qituvchi, 23 nafar o`qituvchi faoliyat yuritib kelmoqdalar.             Umumiy Pedagogika- psixologiya kafedrasi o`z faoliyatida asosiy e`tiborni “Ta`lim to`g`risida” gi Qonun, “Kadrlar tayorlash milliy dasturi” “2004-2009 yillarda maktab ta`limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi”, “Pedagogika fani konsepsiyasi”da belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish, ta`lim jarayoniga noan`anaviy ish usularini joriy etish orqali ta`lim sifati va samaradorligini oshirish, talabalar ongiga milliy istiqlol g`oyasini singdirish orqali mafkuraviy tarbiyani takomillashtirishga qaratib kelmoqda.Nizomiy nomidagi TDPU, FarDU, NamDU, AnDU, O`zMU, O`zPFITI Respublika “Oila” ilmiy- amaliy markazi Respublika pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti bilan hamkorlik ishlari olib borilmoqda. 2015 yilda    kafedra a`zolarining  14ta ilmiy  maqolalari  xalqaro jurnallarda chop etildi. 2000 yildan boshlab “ Ta`lim- sifati va samaradorligini oshirishning dolzarb muammolari” ilmiy-uslubiy  to`plam  chop ettirish yo`lga qo`yilgan.KXK, Akademik litseylar,umumiy  o`rta ta`lim maktablari amaliy  psihologlari uchun   har  oyda bir marta doimiy  ilmiy-amaliy  seminarlar tashkil  etilgan. Amaliy  psihologlar  uchun   12 ta o`quv uslubiy qo`llanmalar chop etildi.Ma`naviy – ma`rifiy sohadagi olib borilgan ishlarO`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g`oya targ`iboti va ma`naviy- ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish” to`g`risidagi PK – 451 –son qarori, Viloyat hokimining 2014 yil  14 yanvardagi “ Mahallalardagi ijtimoiy - ma`naviy  muhitni sog`lomlashtirish  borasida amalga  oshirilayotgan  ishlarni  yanada takomillashtirish to`g`risida `gi 8- sonly qarori, Qo`qon  shahrida ijtimoiy- ma`naviy muhitni  yanada sog`lomlashtirish  hamda barqarorligini  ta`minlash  bo`yicha   dastur ijrosini amalga oshirish bo`yicha shahrimizdagi MFYlarida aholi o`rtasida, KHKlarida, Qo`qon yog`-moy kombinatida, korxona-tashkilotlarda ma`ruzalar,davra suhbatlari,psixologik treninglar, targ`bot- tashviqot  ishlari  o`tkazildi. “ 2015 – Keksalarni  e`zozlash yili “ Davlat dasturini  amalga oshirish  bo`yicha kafedraning  chora – tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. SHu asosda № 5, № 46 MFYlaridagi yolg`iz,qarovchisi yo`q,nogiron keksalarni psihologik qo`llab- quvvatlab,hayriya hasharlari o`tkazildi.Qo`qon  shahridagi 12-,17-mehribonlik uylarida doimiy ravishda  ma`naviy- ma`rifiy tadbirlar  tashkil  etiladi.Kafedrada    pedagogika fanlari nomzodi Abduqodirov  Roxatali  rahbarligida  o`qituvchilarning   ilmiy – uslubiy yo`nalishdagi izlanish   natijalarini  muhokama etiladi,   yosh o`qituvchilar faoliyatini to`g`ri  yo`naltirish maqsadida  doimiy  ilmiy – uslubiy seminar    tashkil etilgan.