Ingliz tili va adabiyoti

 

 Ingliz tili va adabiyoti filologiyasi kafedrasi

Kafedra 1995 yil tashkil qilingan bo`lib, `Ingliz tili leksikasi va metodikasi kafedrasi` deb nomlangan. “Ingliz filologiyasi” kafedrasi 2003 yil 23 avgustdagi 109 buyruq asosida tashkil topib, `Amaliy grammatika va nazariy fanlar` hamda `Ingliz tili leksikasi va uni o`kitish  metodikasi` kafedralarining birlashishidan hosil bo`lgan. Kafedrani 2002-2005 yillarda katta o`qituvchi L.K.Ismoilova, 2005 yil may oyidan 2007 yillarda katta o`qituvchi M.M.Ahmedov, 2007-2008 o`quv yilida esa katta o`qituvchi SH. N. Rahimov, 2008 - 2009  yillarda Z.M.To`xtasinova, 2009 noyabr oyidan  2010 yil 26 fevralga qadar T.Otaxo`jaevlar kafedra mudiri vazifasini bajargan. 2010 yil 26 fevraldan hozirga qadar filologiya fanlari nomzodi. A. Ziyaev kafedra mudiri vazifasini bajarib kelmoqda.  
2005-2007 o`quv yillarida 5141400-ingliz tili va adabiyoti yo`nalishi talabalariga kafedrada 1 ta filologiya fanlari nomzodi, dosent, 5 ta katta o`qituvchi va 18 ta o`qituvchilar 14 ta fanlar bo`yicha nazariy va amaliy mashg`ulotlarini olib borganlar. Hozirda esa, 1 ta fan nomzodi, 2 ta katta o`qituvchi va 19 nafar o`qituvchi faoliyat yuritmokda. Kafedra a`zolarining asosiy qismi yoshlardan iborat.
Ilmiy tadqiqot ishlar borasida ham kafedrada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, Bugungi kunda kafedraning 5 nafar o`kituvchisi doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy ish olib borishmokda.
Fakultetimiz talabalari orasida Navoiy hamda Zulfiya nomidagi stipendiatlar mavjud. SHulardan SHokirova YUlduz va Ergasheva Dilfuzalardir. 2011-2012 o`quv yilida bitirgan talabalarimizning ko`pchiligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida magistratura yo`nalishida ta`lim olishmoqda. Kafedra o`qituvchilari: Z.To`xtasinova, M.Qurbonova, Z.Jo`raeva, Z.Xotamovalar Hindiston va Amerika Qo`shma SHtatlarida mutaxassislik bo`yicha grantlar yutib o`z malakalarini oshirib kelganlar. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “ CHet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi PQ-1875- sonli qarori, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 4-yanvardagi 07- 07 -  / 1-840 – sonli majlisi bayonida belgilangan vazifalar hamda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining 2013 yil 8-yanvardagi 8-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida ta`lim muassasalarini o`quv-tarbiya jarayonini yaxshilashga, ilg`or pedagogik va axborot –kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etishga, talabalar tomonidan chet tillardan  bilim olishini ta`minlashga qodir bo`lgan kasbiy tayyorgarlikka ega va zamonaviy fikrlaydigan pedagog kadrlar bilan ta`minlash, 2013 yil sentyabr oyidan boshlab barcha umumta`lim maktablarida 1- sinfdan boshlab ingliz tilini o`rgatish  uchun kafedraning barcha a`zolari astoydil mehnat qilmoqdalar