Rus tili va adabiyoti

 Rus filologiyasi kafedrasi tarixi.

        Rus filologiyasi  kafedrasi 2005 yilda institut rektorining buyrug`i asosida institutning to`ng`ich fakultetlaridan bo`lgan va o`sha paytda kafedraga aylangan rus tili va adabiyoti kafedrasi va fakultetlararo rus tili kafedrasi negizida tashkil topgan. Kafedrada 15ta asosiy shtatda, 7ta o`rindosh professor – o`qituvchi faoliyat ko`rsatmoqda. Kafedra mutaxassis chiqaruvchi kafedra bo`lib, 5141300 (5111300) - `Ona tili va adabiyoti  (rus tili va adabiyoti) ta`lim yo`nalishida mutaxassis fanlardan o`quv jarayonini tashkil etadi va barcha fakultetlarning 1 kurslarida rus tili fanidan mashg`ulotlar olib boradi.  Hozirgi kunda  kafedrada 22ta professor-o`qituvchilar talabalarga bilim berib kelishmoqda. Ulardan 1 nafari professor (5 %),  6 nafari fan nomzodi, dosent   (27%),  8 nafari katta o`qituvchi (36 %), 7tasi o`qituvchi (32 %). Kafedarining ilmiy salohiyati 32% tashkil etadi.