Milliy g`oya va ma`naviyat asoslari кафедраси

 Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi tarixidan

Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi 2003 yilda tarix fakulteti qoshida 5141500-Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi ochilganidan so’ng tashkil etilgan. Kafedraga 2003 – 2006 yillari falsafa fanlari nomzodi M.Aminova, 2006 – 2007 yilda katta o’qituvchi Z.Boytemirova, 2007 yilning 24 sentyabridan falsafa fanlari nomzodi, dosent M.Aminova mudirlik qilib kelmoqda. Hozirda kafedrada asosiy shtatda 17 nafar professor – o’qituvchi hamda o’rindosh sifatida 5 nafar professor o’qituvchi ish olib bormoqda. Bulardan 6 nafari fan nomzodi, dosentlar, 1 nafari katta o’qituvchi, 14 nafari esa o’qituvchilardirdir.
 
Kafedrada o’quv jarayonini tashkil etish   va o’quv-uslubiy ishlarning ahvoli bo’yicha:
 
Kafedrada 2013-2014 o’quv yili boshida yillik yalpi ish rejasi tuzilgan, mazkur reja asosida kafedra yig’ilishlari rejasi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi, ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari alohida tuzib chiqilgan. Ushbu rejalar kafedraning 2013 yil 26 avgust kuni bo’lib o’tgan yig’ilishida shuningdek insitut ilmiy uslubiy kengashining 2013 yil 27 avgust yig’ilishida tasdiqlanib, mutassaddi proektorlar tomonidan imzolangan. Kafedra professor-o’qituvchilari o’zlari dars o’tadigan fanlar bo’yicha yangilagan yoki yangi fanlar bo’yicha yaratgan ishchi-o’quv dasturalarini, shaxsiy ish rejalarini kafedra yalpi ish rejasi bo’yicha muvofiqlashtirib tuzganlar. SHaxsiy ish rejalar ham kafedraning avgust yig’ilishida muhokama qilingan va o’quv bo’limi tomonidan tasdiqlangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ta’limga oid Farmonlari, karorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalk ta’limi vazirligi hay’at karorlari va buyruqlari, ko’rsatmalari, institut rektorining buyruq va ko’rsatmalari, institut ilmiy kengashining qarorlari hamda ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan kafedrada shu kunga kadar barcha talab qilingan ishlarni bajardi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni ro’yobga chiqarish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilib borildi. O’quv yilining boshidan to hozirgi kungacha institut rektori tomonidan chiqarilgan barcha buyruq va ko’rsatmalarni o’z vaqtida bajarib kelmoqdamiz.
 
Kafedrada talabalar mustaqil ishini, malakaviy amaliyoti va bitiruv malakaviy ishlarini yuqori sifati va mazmuninin ta’minlash maqsadida o’quv yilining boshidayoq mustaqil ishlarni bajarish, malakavty amaliyotning tartib, talabi va vazifalari hamda bitiruv malakaviy ishi yozilishi bo’yicha Nizom talablarini ifodalovchi uslubiy ko’rsatmalar tayyorlangan va talabalarga tarqatilgan. Kafedrada 2013-2014 o’quv yilida o’tkazilgan ochiq va namunaviy darslar axborot texnologiyalar va innovasion metodlar asosida o’tkazildi hamda ularning bayonnomalariga ochiq darsning slaydlari ham kiritildi. 
Kafedrada O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida” qarorining boshqaruv apparati barcha bo’g’inlarining tashkilotchilik, ijro va nazorat faoliyatini takomillashtirish, rahbarlar va mutaxassislarning ijro intizomini mustahkamlash, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining hamda Hukumat qarorlarining o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarligini oshirishga qaratilgan topshirig’i ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Xukumatining va har bir rahbar tashkilotlarning buyruqlarini o’z vaqtida bajarilishi uchun shu kuniyoq nazorat kartochkalari ochilib, bevosita mas’ul shaxslar belgilanib, ular tomonidan mazkur buyruqlarni bajarilishida lozim bo’lgan ishlar va belgilangan chora-tadbirlar muddatlari hamda bajarilishi xaqidagi hisobotlar belgilab borilmoqda.
Kafedrada 2013 – 2014 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 20 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 12 ta qarori, 1 ta farmoyish va 1 ta topshirig’i, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 30 ta buyrug’i, Xalq ta’limi vazirligining 26 ta buyrug’i institut rektorining 190 ta buyrug’i o’z vaqtida ko’rib chiqilib, ular bo’yicha chora tadbirlar dasturi belgilangan va ularning bajarilishi haqidagi axborotlar kafedra yig’ilishlarida eshitib borilgan.
Kafedrada mazkur o’quv yilida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash reyting tizimi to’g’risidagi Nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi 333-sonli buyrug’i va shuning asosida institut rektorining 14 sentyabr 2010 yildagi “Institutda talabalar bilimini nazorat qilish va baxolashning reyting tizimi to’g’risidagi takomillashgan Nizomini ijrosini ta’minlash haqida”gi №266-U buyrug’i qabul qilindi. Kafedrada reyting Nizomi va unga kiritilgan o’zgarishlar mavjud hamda shularning asosida talabalar bilimini baholash mezonlari mavjud. YAngi reyting talablariga ko’ra joriy baholash va oraliq baholash 70 bal xisoblanib, yakuniy baholashga 30 bal ajratilgan, yana bir yangilik, agar talaba joriy va oraliq baholashdan 70% bal jamg’argan bo’lsa, uni yakuniy yozma ishga qatnashishi ixtiyoriy o’zi tomonidan belgilanadi.
Kafedra tomonidan yangi talablar asosida ishchi o’quv dasturlar qayta ishlangan va reyting tartibiga tegishli o’zgartirishlarni kiritilgan hamda talabalarga yangi talablar asosidagi reyting ballariga oid o’zgarishlar tushuntirilgan.
Kafedrada o’qitiladigan barcha fanlar bo’yicha joriy baholash 40 bal etib belgilangan. Joriy baholashning 40% mustaqil ishlarni baholash uchun ajratilgan (ya’ni 40 baldan 16 bali mustaqil ishga).
Kafedrada o’qitiladigan barcha fanlar uchun oraliq baholash 30 bal etib belgilangan. Oraliq baholashning 40% mustaqil ishlar uchun ajratilgan (ya’ni 30 baldan 12 bal).
Fanning ishchi – o’quv dasturlariga oraliq nazorat soni, talablari, bali va komissiya a’zolari tarkibi ham kiritilgan. Talabalar o’z reyting ballarini bilishlari uchun reyting oynasi tashkil etilgan va har xafta davomida yangilanib boriladi.
Kafedra professor-o’qituvchilari 2013-2014 o’quv yili davomida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirib bordilar. Kafedra a’zolari “2 sentyabr bilimlar” kuni, “1-oktyabr o’qituvchi va murabbiylar” kunida turli xil mavzularda davra suxbatlarini uyushtirib bordilar. 2010 yil 12 noyabrda I.A.Karimovning “Mamlakatimizda demokratik isloxotlarni yanada chukurlashtirish va fukarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi ” e’lon kilindi. Ushbu konsepsiya asosida kafedra professor-o’qituvchilari institut va shahar miqiyosida ma’ruza va suxbatlar uyushtirib kelmoqdalar. Jumladan kafedra mudiri Z. Boytemirova bilan birgalikda kafedra o’qituvchisi Z. Xamraqulov Qo’qon shahridagi bir qator mahalla fuqarolar yig’inlarida, “Neft gaz qazib olish boshqarmasi”, Institut fakultetlarida ma’ruza va suxbatlar uyushtirib kelmoqdalar.
06.12.13 yilda tarix fakultetida “Konstitusiya asosiy qomusimiz” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.       
           Kafedra professor-o’qituvchilaridan dosent N. Siddiqov,   katta o’qituvchi M. Salimov, o’qituvchilar Q. Qulmatov, SH. Xudoyberganov, O. Ortiqov institut, shahar va atrof tumanlarda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar. Kafedra a’zolari tomonidan dekabr oyida “Kafedra xaftaligi” tashkil qilindi va o’qituvchilar talabalar orasida turli xil mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o’tkazdilar.
Ushbu tadbirlar institutning 1-2-3- talabalar turar joylarida bo’lib o’tgan. Kafedra xaftaligi ichida 7-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 21 yilligiga bag’ishlangan tadbir tashkil etildi. Kafedra a’zolari ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yaxshi tashkil qilib, turli mavzularda aholi orasida ma’ruza va suxbatlar uyushtirib kelinmoqda. Jumladan, kafedra o’qituvchilari Z. Xamraqulov, SH. Xudoyberganov va SH. Xasanovlar “Muloqot” telekanali tomonidan o’tkazilgan “O’zbekistonda sud-huquq islohatlari” mavzusidagi tok-shouda qatnashishdi. O’zbekiston Respublikasi Farg’ona viloyati Qo’qon shahar hokimligi, shahar Xotin-qizlar qo’mitasi, shahar «Mahalla» hayriya jag’armasi tomonidan «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-3434, PQ-451-sonli qarorlari asosida aholi o’rtasida jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni shakllantirish, oila muqaddasligi kabi qadriyatlarni targ’ib etish, milliy g’oya va ma’naviy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan faol ishtirok etib kelmoqdalar.